Tarz ma'noli leksemalarning semantik strukturasi Yaxlit sistema sifatidagi o'zbek tili leksikasining tarkibiy qismi bo'lgan tarz ma'noli leksemalarning semantik strukturasida umumiy va farqlovchi belgilarni ajratish, ularning xususiyatlari, denotativ, konnotativ va fuksional semalari xususiyatlari, semema tarkibidagi kombinator imkoniyatlari hamda leksemalararo ma'noviy munosabatlarning oydinlashtirilishi ham ularning lisoniy qiymatini belgilashda ahamiyatlidir. Semasiologiyadagi eng asosiy muammo - leksemaning semantik strukturasi va leksik-semantik munosabatlar bilan bog'liq masalalar hisoblanadi. Leksemaning semantik strukturasiga leksik ma'no, ma'no ottenkasi hamda emotsional-ekspressiv ottenka kiradi. Ayrim leksemalarning semantik strukturasida lug'aviy ma'no va qo'shimcha ottenkalar ishtirok etgani holda, ba'zilarida faqat leksik ma'no kuchayib, ma'no ottenkalari nol darajada bo'lishi mumkin, masalan, asta, bemalol, qulay, o'zicha kabilarda. So'zning ma'no munosabatini o'rganishda tilning leksik sistemasida muayyan so'zlarning bitta semantik maydon ichida bir-biri bilan birikib turib, yagona paradigmatik qatorni tashkil qilishi muhim ahamiyatga ega. O'zbek tili leksikasida bunday semantik maydonlar miqdori juda ko'p va ularning har biri alohida tadqiqotlar uchun tekshirish manbai bo'la oladi. Semantik guruh ichidagi har bir so'zga shu guruhning eng kichik birligi sifatida qaraladi va uning ma'nosi mazkur guruh ichidagi boshqa so'zlarga nisbatan uzviy aloqadorligi asosida aniqlanadi. Bu xususdagi fikrlarni tarz ma'noli leksemalarni ifodalovchi birliklar yuzasidan davom ettiramiz. Qo'qqisdan, tasodifan, darrov, o'zicha leksemalari tarz semasiga ko'ra bir guruhdan o'rin oladi. Harakatning zamon bilan bog'liq tarzda ifodalanishi semasi asosida qo'qqisdan, tasodifan, darrov leksemalari alohida kichik guruh hosil qilib, bitta paradigmaga birlashadi, o'zicha esa bunday belgiga ega emasligi sababli bu qatordan joy ololmaydi. Kutilmagan payt, holat semasi bilan qo'qqisdan, tasodifan leksemalari darrov leksemasidan farqlanadi. Ushbu belgilari asosida bitta semantik maydonga to'plash, ularning umumiy va xususiy xossalari haqida fikr yuritish mumkin bo'ladi. Bunday fikr yuritishda esa lisoniy birlikning ma'noviy tabiati asosini tashkil qiladigan sememaga tayangan holda amalga oshiriladi. Darvoqe, so'zlarning ifoda plani leksema, mazmun plani esa semema atamalari bilan atab kelinmoqda. Shuningdek, semema va uning mohiyati, lisoniy sistemadagi mavqei, semema va tushuncha munosabati masalalari o'zbek tilshunosligida alohida tadqiq manbai sifatida tekshirilganligini ham aytib o'tish lozim. Lisoniy birlik mavqeini olgan semema xususida alohida fikrlar bildiriladi. Semema lisoniy substansiya bo'lib, u o'zida nutqiy ma'noviy belgilar bo'lmish YAHVO xossalariga zid bo'lgan UMIS kabi sifatlarga ega bo'ladi. Semema deganda faqat leksik ma'noning o'zini ko'zda tutish hodisasi tor tushunish bo'ladi. Leksemaning mazmun planiga, leksik ma'nodan tashqari, stilistik, nutqiy xoslanish kabi belgi-xususiyatlar ham kiradi, bularning barchasi birgalikda sememaning semantik strukturasini tashkil qiladi. Lisoniy birlik bo'lgan leksemaning lisoniy sistemadan o'rin olish, lug'aviy paradigmalardagi mavqei, mikrosistemalarning qurilish qonuniyatlari va talqini masalasi semema orqali oydinlashishi hisobga olinadigan bo'lsa, sememaning mohiyati va mavqei masalasi hal qiluvchi rol ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.14 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.14 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: doc