2-bosqich 1-semestr. 7-mavzu:Kesim va uning ifodalanishi Ona tili Abdukadirova M.M. Reja: 1.Kesim haqida ma'lumot. 2. Kesimning ifodalanishiga ko'ra turlari. 3. Kesimning tuzilishiga ko'ra turlari. Kesimlik (shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modal) ma'nosini ifoda etgan gapning markaziy bo'lagi kesim deyiladi. Kesimlik ma'nolari kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Har bir kesimlik ma'nosi alohida-alohida ifodalanishi mumkin. Masalan,yozmasaydim so'zida -ma (tasdiq-inkor) -say (mayl) -di (zamon) -m (shaxs-son). Bitta kesimlik shakli bir necha kesimlik ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, kel-di (o'tgan zamon, II shaxs, tasdiq, aniqlik mayli) yoki o'quvchi-man (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli). Ba'zan kesimlik ma'nolari hol shakli orqali ifodalanadi. Masalan, Kel (kelasi zamon, II shaxs, tasdiq-buyruq mayli) yoki Men o'quvchi (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik). KESIM IFODALANISHI: Fe'l SO'ROQLARI: OT OLMOSH nima qil(-di, SIFAT -yap,-adi)? SON kimdir? RAVISH nimadir? Tuzilishiga MODAL qayerdir? SO'ZLAR ko'ra Qo'shma Sodda kesim kesim KESIMNING IFODALANISHI. -Kitob ochiq yotardi. FE'L Sifat -Toshkent go'zal! -Temur davlatining markazi Ot Samarqand edi. Ravish -Vatan sarhadlari poyonsiz KESIMNING IFODALANISHI . Son -Ikki o'n besh bir o'ttiz. Olmosh -Bu uzuk meniki. -Otam lom-mim demadi . Ibora Kesim ifodalanishiga qarab 2 xil bo'ladi. Fe'l kesim Ot - kesim - Fe'l yoki uning sifatdosh, Ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, ravishdosh shakllari bilan modal so'z bilan ifodalanadi. ifodalanadi: 1.Sodda ot-kesim: Uyat o'limdan qattiq. 1.Sodda fe'l-kesim: Men 2. Murakkab ot-kesim: keldim. Mehnatning noni shirin bo'ladi. 2. Murakkab fe'l-kesim: Litsey yangi o'quv yiliga ochilishi -Odamlar tarqala boshladi, kerak edi -Olimjon kunda bir keladigan bo'ldi. Fe'ldan ifodalanib, nima qilmoq? nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'lgan kesimlarga fe'l kesim deyiladi. Masalan, kitob o'qiyapman gapida o'qiyapman nima qilyapman? so'rog'iga javob bo'lib, fe'l kesim sanaladi. Opam - shifokor gapida shifokor kim (dir)? so'rog'iga javob bo'lib, ot kesim hisoblanadi. Sodda va qo'shma kesimlar. Faqat bir so'z bilan ifodalangan kesimga sodda kesim, ikki va undan ortiq so'z bilan ifodalangan kesimga esa qo'shma kesim deyiladi. Masalan, qirlarda lolalar ochildi gapida ochildi sodda kesim, «Lolazor» romanini o'qib chiqdim gapida o'qib chiqdim bo'lagi qo'shma kesim sanaladi.Sodda va qo'shma kesimlar ifodalanishiga ko'ra sodda fe'l kesim va sodda ot kesim hamda qo'shma fe'l kesim va qo'shma ot kesimlarga bo'linadi. Masalan, 1. Dugonam tashqariga ko'z qirini tash- ladi. 2. Dadam kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi. Birinchi gapda ko'z qirini tashladi bo'lagi nima qildi? so'rog'iga javob bo'lib, qo'shma fe'l kesim, ikkinchi gapda esa kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi bo'lagi kim hisoblanadi? so'rog'iga javob bo'lib qo'shma ot kesim vazifasini bajaradi. Mavzuga oid test topshiriqlari. 1. Qaysi qatordagi gapda fe'l kesim mavjud? A. Luqmoni hakimning ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: doc