2-bosqich 1-semestr 9-mavzu:To'ldiruvchi va uning ifodalanishi. Ona tili Abdukadirova M.M. Reja: 1.To'ldiruvchi haqida ma'lumot. 2. Kelishikli va ko'makchili to'ldiruvchilar. 3. 2.Mustaqil va nomustaqil to'ldiruvchilar Eslab qoling.Gapning kesimi bilan bog'lanib predmetlik ma'nosini ifodalovchi va kimni? nimani? kim (bilan, orqali, uchun), nima (bilan, orqali, uchun) so'roqlariga javob bo'lgan ikkinchi darajali bo'lakka to'ldiruvchi deyiladi. E'tibor bering: Men undan (kimdan?) so'radim: Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul (nimani) terding. Gulidan (nimadan) ko'zini (nimani) uzmayin singlim. Asta javob berdi: - O'qituvchimga (kimga). Тo'ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bilan bog'langan predmetni bildirganligi tufayli ot, olmosh va otlashgan so'zlar bilan ifodalanadi. Тo'ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog'lanadi. Agar u bog'langan so'z kesim bo'lib shakllana olmagan bo'lsa, ana shu so'z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo'lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo'lakning bo'lagi bo'ladi. Masalan, Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so'rog'iga javob bo'lib, kesimga bir butun holda bog'lanadi. Bu birikmali to'ldiruvchi o'z ichida qismlarga bo'linadi: onamdan eshitgan(qanday) gap. Qanday? so'rog'iga javob bo'luvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi o'z ichida yana tarkibiy qismlarga bo'linadi: onamdan (kimdan?) eshitgan. Тo'ldiruvchilar kesim bilan qanday bog'lovchi vosita yordamida bog'lanishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: a) kelishikli to'ldiruvchilar; b) ko'makchili to'ldiruvchilar. Masalan, sen bilan (kim bilan?) olam munavvar gapida sen bilan bo'lagi ko'makchili to'ldiruvchi. Senga (kimga?) aytar gapim bor gapidagi senga bo'lagi kelishikli to'ldiruvchi sanaladi. Тushum kelishigi bilan shakllangan to'ldiruvchilarda to'ldiruvchi bilan u bog'langan hokim bo'lak yonma-yon turganda tushum kelishigi ifodalanmasligi mumkin, lekin uning borligi so'rog'idan va kesimning o'timli fe'l ekanligidan bilinib turadi. Masalan, shoirlari g'azal bitadi. VOSITALI KELISHIKLI VOSITAZSIZ TO'LDIRUVCHI KO'MAKCHILI MUSTAQIL NOMUSTAQIL TO'LDIRUVCHINING IFODALANISHI TO'LDIRUVCHI VOSITALI VOSITASIZ TO'LDIRUVCHI TO'LDIRUVCHI Gapdagibirorbo'laknito'ldirib, ungaboshqaruvyo'libilantobe Kimni? Nimani? Qaerni? Kimga? Nimaga? Kimda? Nimada? holatdabog'lanagi. U fe'l so'roqlarigajavobbo'ladiva Kimdan? Nimadan? Kim bilan? Nima kesimga bog'lanadi: tushumkelishigishaklidakeladi. bilan? Xat uydan keldi. IFODALANISHI: IFODALANISHI: Ravshansenbilan -Bu yigitlartog'ni Otvaolmosh Otvaolmosh bilan: boradi. talqonqiladi! -Bo'lingannibo'ri Yaxshigayonoshtir. Otlashganso'z yer. Otlashganso'z Yomondanadashtir. bilan: Yoz yopinchi-g'ingni -Otambirovni qo'yma, qishdao'zing Ibora bilan: yergaurmoqni Ibora bilasan. istamasdilar ! Olmalar zavq bilanterildi (qanday?-hol).Bug'doy kombayn bilano'rildi (nima bilan?-to'ld). U ataylabishga bormadi (qanday?-hol). Zokir buvisidan gap eshitdi (kimdan?-to'ld). Juda muhim.To'ldiruvchi hokim bo'lakdan anglashilgan hara- katiga, munosabatiga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1) vositasiz to'ldiruvchi; 2) vositali to'ldiruvchi. Tushum kelishigi orqali ifodalangan to'ldiruvchi vositasiz, qolgan shakllardagi to'ldiruvchilar vositali sanaladi. Savol va topshiriqlar. 1.To'ldiruvchi qanday gap bo'lagi hisoblanadi? 2.Qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? 3.Vositali to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? 4.Vositasiz to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? 5.Kelishikli to'ldiruvchiga misol keltiring. 6.Ko'makchili to'ldiruvchiga misol keltiring. 7.Mustaqil to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? 8.Nomustaqil to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? Mavzuga ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.82 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.82 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx