2-bosqich 1-semestr 13-mavzu: Uyushiq bo'lakli gaplar. (uyushiq kesim va uyushiq ega) Ona tili Abdukadirova M.M Reja: 1. Uyushiq bo'laklar haqida. 2. Uyushiq bo'laklarning o'zaro bo'g'lanishi. 3. Uyushiq bo'laklarning hokim bo'lak bilan bog'lanishi. 4. Uyushiq kesimning ifodalanishi. 5.Uyushiq ega haqida ma'lumot. Juda muhim. Uyushgan bo'laklar o'zaro teng bog'lovchilar, bog'lovchi vazifasidagi yordamchi so'zlar (ham,-u(-yu), nana yuklamalari, bilan ko'makchisi) va sanash ohangi yordamida bog'lanadi. Uyushgan bo'laklar biriktiruv bog'lovchisi bo'lgan va, hamda bog'lovchi vazifasidagi bilan yordamida bog'langanda ular ko'pincha takrorlanib keladi. Adol bilan o'yinchi Sora; Asal bilan quvnoq Ruxsora (H. Olimjon) Bunday vaqtda uyushgan bo'laklar orqali ifodalangan shaxs, predmet- larning guruh-guruh ekanligi ifodalanadi.Ana shunday ma'no ifodalanganda va, hamda, bilan bog'lovchilari bir-biri bilan erkin almashinib keladi.Va, hamda, bilan bog'lovchilari ikkidan ortiq uyushgan bo'laklar tarkibida bir marta qo'llanilsa, uyushiq bo'laklarning oxirgi juftligi orasida keladi va sanashning tugallanganligini bildiradi: Bog'imizda o'rik, shaftoli, gilos va olmalar bor. Uyushgan bo'laklar ikki a'zodan iborat bo'lib, biriktiruv munosabatini bildirsa, bu a'zolar o'rtasida va, bilan, -u(-yu) bog'lovchilari ishlatiladi. Solishtiring: Bir sevgikim, jon berur tanga. Faqat Zaynab-u Omonlarga xos. Zaynab-u Omonni Zaynab va Omon, Zaynab bilan Omon deb ishlatish mumkin. Uyushiq bo'laklar otlar bilan ifodalanganda va, hamda, bilan o'zaro almashinadi. Fe'llar bilan ifodalanganda esa va, hamda, -u (-yu) o'zaro almashina oladi, lekin «va» ning o'rniga «bilan»ni qo'yib bo'lmaydi. Solishtiring. Keldi va ketdi. Keldi-yu ketdi. Uyushiq bo'laklar o'zaro sanash ohangi yordamida bog'lanib, ularning har birining ma'nosi ta'kidlanganda, har bir bo'lak oxirida ham yuklamasi qo'llaniladi: Sen ham, u ham farishta emas.Uyushgan bo'laklar o'zaro ayiruv munosabatida bo'lganda, ular o'rtasida yo, yoki, yo-yo, ba'zan-ba'zan, dam- dam singari bog'lovchilar qo'llaniladi. Masalan, yo kitob, yo ruchka olaman. Juda muhim. Yo, yo-yo, yokibog'lovchilari uyushgan bo'- laklardan birini tasdiqlab, ikkinchisini esa inkor etib bog'laydi. Masalan, yuqoridagi misolda kitob olsa, ruchka olmaydi, ruchka olsa, kitob olmaydi. Ba'zan-ba'zan, dam-dam, goh-goh kabi bog'lovchilar yordamida bog'langanda esa uyushgan bo'laklarning navbatma-navbatligi ifodalanadi. Solishtiring: Goh o'ynaydi, goh yig'laydi. Ana shunday ma'no ifodalaganda dam-dam, goh-goh, ba'zan-ba'zan kabi bog'lovchilar o'zaro almashinib keladi. Uyushgan bo'laklar o'zaro zidlik munosabatida bo'lganda, ular o'rtasiga zidlov bog'lovchilari (ammo, lekin, biroq) qo'llaniladi. Masalan, Hammasini tinglardim, ammo (lekin, biroq) O'xshashini topmasdim aslo. (H. Olimjon) Uyushiq bo'laklar ifodalagan ma'no inkor qilinib, ularning har biri ta'kidlab ko'rsatilsa, na na bog'lovchi vazifasidagi yuklama qo'llaniladi. Masalan, Na sen, na men buning kafolatini olganmiz. (Shuhrat) Na na uyushgan bo'lakli gapning kesimi tasdiq shaklida bo'lganda ham, inkor shaklda bo'lganda ham qo'llana beradi. Agar uyushiq bo'lakli gap kesimi tasdiq shaklda bo'lsa, na na ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.48 MB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.48 MB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx