2-bosqich 1-semestr 15-mavzu:Uyushiq bo'lakli gaplarda umumlashtiruvchi so'zlarning qo'llanishi Ona tili Abdukadirova M.M Reja: 1.Umumlashtiruvchi so'z haqida. 2.Uyushiq bo'laklarning hokim bo'lak bilan bog'lanishi. 3.Ularda umumlashtiruvchi so'zlarning qo'llanishi. 4. Umumlashtiruvchi so'zda tinish belgilarining ishlatilishi. Juda muhim. Uyushgan bo'lakli gaplarda ko'pincha uyushgan bo'laklarning mazmunini jamlovchi umumlashtiruvchi so'zlar ham qo'llaniladi. Bunday vaqtda uyushgan bo'laklar narsa va hodisalarni, belgi-xususiyatlarni alohida-alohida ifoda- lasa, umumlashtiruvchi so'z esa ularning hammasini jamlagan holda ifodalaydi. 1-topshiriq. Quyida berilgan gapda nuqtalar o'rniga tegishli so'zlarni qo'ying. Nuqtalar o'rniga qo'ygan so'zlar bilan hamma, barcha, bari, ko'pi, ko'pchilik singari so'zlarning munosabatini ayting. Litseyimiz bog'ida , , , -barcha mevalar bor. Sinfimizda ko'pchilik o'quvchilar: , , lar ingliz tilini yaxshi bilishadi. Demak, uyushgan bo'laklar bilan umumlashtiruvchi so'z o'rtasida xususiylik-umumiylik, jins-tur munosabati mavjud bo'ladi. Uyushgan bo'laklar xususiyliklarni, jinsni; umumlashtiruvchi so'z esa umumiylikni, turni bildiradi. Uyushgan bo'laklar qaysi grammatik shaklda bo'lsa va qanday so'roqqa javob bo'lsa, umumlashtiruvchi so'z ham ko'pincha ana shunday shaklda bo'ladi va shunday so'roqqa javob bo'ladi.Uyushgan bo'laklar qaysi bo'lak bilan tobe munosabatda bo'lsa, umumlashtiruvchi so'z ham shu bo'lak bilan tobe aloqada bo'ladi. UYUSHIQ BO'LAKLAR:JINS VA XUSUSIYLIK UMUMLASHTIRUVCHI BO'LAK: TUR VA UMUMIYLIK Umumlashtiruvchi Uyushiq Uyushiq Uyushiq bo'lak. bo'lak bo'lak bo'lak , , Hokim bo'lak. Uyushiq Uyushiq Uyushiq Umumlashtiruvchi bo'lak. bo'lak. bo'lak. bo'lak. Hokim , , bo'lak. Bunda to'rtburchak umumlashtiruvchi so'zni, yumaloq shakllar uyushgan bo'laklarni, uch burchak shakl hokim bo'lakni ifodalaydi. Uyushgan bo'laklar yozuvda bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Agar uyushgan bo'laklar guruh-guruh bo'lib kelsa, guruhlar bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi. Masalan, Bog'imizda qovun, handalaklar, olma, o'rik, shaftolilar pishib yotibdi. Umumlashtiruvchi so'z uyushgan bo'laklardan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Esda saqlang.Umumlashtiruvchi so'z uyushgan bo'laklardan oldin kelsa, yozuvda umumlashtiruvchi so'zdan keyin ikki nuqta qo'yiladi. Umumlashtiruvchi so'z uyushgan bo'laklardan keyin kelsa, uyushgan bo'laklar bilan umumlashtiruvchi so'z o'rtasiga tire qo'yiladi. Umumlashtiruvchi so'z bilan uyushgan bo'laklarning o'rni va tinish belgilarini quyidagi sxemada ko'rsatish mumkin Uyushiq bo'laklar Ega, ega, ega, ega kesim. Aniqlovchi va aniqlovchi ega to'ldiruvchi, to'ldiruvchi kesim. Ega kesim, kesim, kesim. Aniqlovchi ega to'ldiruvchi hol hol kesim. Sinf ishi: 128-mashq. Umumlashtiruvchi bo'laklarni toping, tushirilgan tinish belgilarni qo'yib ko'chiring. 1. Ishlangan yerlar, yo'llarning ikki tomonidagi ariqlarda jildirab oqayotgan suv. Ariqlar labida qad ko'targan yosh teraklar hammasi Olimjonning diliga sevinch-quvonch bag'ishlardi. 2. Hovuz bo'yida o'tirgan brigadir ikki hovuchini to'lg'azib suv olar zavq bilan yuzini, bo'ynini, ko'kraklarini barcha qoraygan joylarini yuvar edi. 3. Cho'lpon umri davomida juda ko'p narsalarni: qiziq, shirin nash'ali voqealarning guvohi bo'lgan. 4. Shu yerda Oyqizning buyrug'i bilan to'g'on qurilardi. Sement quyilmoqda uzluksiz shag'al to'kilmoqda tosh ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx