2-bosqich 1-semestr 17-mavzu:O'tilgan mavzular yuzasidan takrorlash Ona tili Abdukadirova M.M Reja: 1.O'tilgan mavzular bo'yicha savollarga javob berish. 2.Mashqlar yozish va topshiriqlarni bajarish. 3.Test ishlash. Quyidagi savollar va topshiriqlarga javob bering. 1.Тeng bog'lanishdagi teng bog'lovchi vositalarni ayting. 2.So'z birikmasining kesimlik shakliga ega emasligini tushuntiring. 3.Hokim qism bilan tobe qismni bir-biridan qanday farqlash mumkin? 4.Тobe bo'lak hokim bo'lakka qanday vositalar yordamida bog'lanadi? 5.Kelishik va ko'makchilar o'rtasidagi sinonimiyani tushuntiring. 6.So'zlar o'zaro birikishi uchun mantiqiy bog'liqlik kerakmi? Misol bilan isbotlang. Egaga doir savol va topshiriqlar. 1. Gapning qanday bo'lagi ega deb ataladi? 2. Ega ,asosan, qanday savollarga javob bo'ladi? 3. Ega qaysi kelishik shaklida bo'ladi? U otning qaysi grammatik shakllarini qabul qilishi mumkin? 4. Gap egasi qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? Misollar keltiring. To'ldiruvchiga doir savol va topshiriqlar. 1.To'ldiruvchi qanday gap bo'lagi hisoblanadi? 2.Qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? 3.Vositali to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? 4.Vositasiz to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? 5.Kelishikli to'ldiruvchiga misol keltiring. 6.Ko'makchili to'ldiruvchiga misol keltiring. 7.Mustaqil to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? 8.Nomustaqil to'ldiruvchi qanday ifodalanadi? Holga doir savol va topshiriqlar. 1.Hol qanday gap bo'lagi hisoblanadi? 2.Qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? 3.Necha xil ma'no turi bor? 4.Mustaqil hol qanday hol hisoblanadi? 5.Nomustaqil hol qanday hol hisoblanadi? 6.Hollar tuzilishiga ko'ra necha xil? 7.Qanday hollar murakkab hollar hisoblanadi? Savollarga javob bering. 1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar hisoblanadi? 2.Qaysi gap bo'laklari uyushadi? 3.Umumlashtiruvchi bo'lak qanday bo'lak hisoblanadi? 4.Uyushiq va umumlashtiruvchi bo'laklar qanday munosabatda bo'ladi? 5.Uyushiq va umumlashtiruvchi bo'lakli gaplarda qanday tinish belgilari qo'llanadi? Takrorlash uchun mashqlar: I.Mashq. Gaplarning ega va kesimini aniqlab, kerakli o'rinda ular orasiga tire qo'yib ko'chiring. 1. Qo'l yugurigi oshga, til yugurigi boshga. (Maqol.) 2. Mehmonlarning aksariyati o'rta yoshli, o'ttiz-qirq orasidagi odamlar edi.(O.) 3. Yaxshining gapi moy, yomonning gapi loy. (Maqol.) 4. Hosilning otasi suv, onasi yer. (Maqol.) 5. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu. 6. Karim ham shu zavodda faol a'zo.7. Mardga o'lim yo'q. (Maqol.)8.Ozod yuraklarga baxt nuri to'lgan.(U.) II. Matnni o'qing. Daftaringizga quyidagi chizmani chizing va gap bo'laklarini unga joylashtirib yozib chiqing. Ega Kesim To'ldiruvchi Aniqlovchi Hol qaratqich izohlovchi sifatlovchi Sulton tug'ildi ota-onasidan Shoirning shoir 1910-yil Jo'ra Shoir Sulton Jo'ra 1910-yil Shofrikon tumanida tug'ildi. 3-4 yasharligida ota-onasidan yetim qoldi. 1920-yilda maktabga kirdi. 1927-yilda Buxoro ta'lim-tarbiya bilim yurtida o'qidi. She'r va maqolalari bilan matbuotda tez-tuz ko'rina boshlaydi. 1940-yillarda «Fidokor», «Moskva» kabi she'riy to'plamlari bosilib chiqadi. Uning «Bruno» dostoni, «Zangori gilam» va «Qaldirg'och» ertaklari o'zbek bolalarining eng sevib o'qiydigan asarlari bo'lib qoldi. Vatanparvar shoir Ulug' Vatan urushi frontlarida qatnashib, qurol va qalam bilan jangga kirdi. 1943-yilning 14-noyabrida Belorussiyaning Gomel viloyatida ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx