O'zbek tilining Lotin yozuviga asoslangan yangi imlo qoidalari

O'zbek tilining Lotin yozuviga asoslangan yangi imlo qoidalari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
O'zbek tilining Lotin yozuviga asoslangan yangi imlo qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'zbek tilining yangi imlo qoidalari. Lotin yozuviga asoslangan yangi imlo qoidalarining qabul qilinishi va uning ahamiyati. O'qituvchi: Ruzikulova G. F. O'ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI Yozuv har bir xalqning ma'naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o'ziga xos ko'rinishi sanaladi. So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdillikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o'tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo'lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O'zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995- yilning 24- avgustida 339-sonli «O'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo'lib, quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: Harflar imlosi: unlilar imlosi (1-7-bandlar); undoshlar imlosi (8-32-bandlar). Asos va qo'shimchalar imlosi (33-37-bandlar). Qo'shib yozish (38-50-bandlar). Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar). Ajratib yozish (57-56-bandlar). Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar). Ko'chirish qoidalari (75-82-bandlar). O'zbek lotin alifbosi, o'zbek lotin yozuvi - lotin grafikasiga asoslangan harftovush (fonografik) yozuv turi. O'zbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan. O'zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o'tkazish haqidagi dastlabki qaror 1929-yil 15-23 may kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929-yil 10-avgustda O'zSSR Xalq maorif komissarligi hay'ati tomonidan tasdiqlangan edi. Ixtiyoriylikdan ko'ra ko'proq majburiylikka asoslangan bu jarayon Moskvada ishlangan reja asosida Moskva vakillari kuzatuvida amalga oshirilgan edi. Samarqand konferensiyasida qabul qilingan lotinlashtirilgan o'zbek alifbosi 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat bo'lgan. Konferensiyada singarmonizm o'zbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik o'zini oqlamadi, amalda imloda boshboshdoqlik vujudga keldi, ayni bir so'z bir necha xil yoziladigan bo'ldi. Natijada 1934- yilning yanvar oyida til va imlo masalalari bo'yicha o'tkazilgan respublika qurultoyida o'zbek alifbosidan Ө ө, Y y, Ь ь harflarini olib tashlashga, hamda Ə ə harfidan foydalanishni cheklashga va uning o'rniga aksar hollarda A a harfidan foydalanishga qaror qilingan. Bu qaror O'zbek SSR hukumati tomonidan 1934-yil 13-martda tasdiqlangan. Lekin o'tgan asrning 30-yillari 2-yarmidan o'zbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940-yilda yangi kirillcha alifbo qabul qilinishi bilan yakunlangan. Harflarning alifbodagi asl tartibi: A ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga