2-bosqich 1-semestr 1-mavzu:O'zbek tili va uning taraqqiyoti Ona tili Abdukadirova M.M. Reja: 1. O'zbek adabiy tili tarixining davrlari. 2.O'zbek adabiy tili va xalq tili o'rtasidagi bog'liqlik. 3.Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar. 4.Qadimgi turkiy til. 5. Eski turkiy til Dars shiori: Tilingni so'zlashga soz, muhayyo qil, Tilingni o'q qil-u, aqlni yoy qil. (Abulqosim Firdavsiy) O'zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o'z ichiga oladi. 1.Qadimgi 3.Eski o'zbek 4.Hozirgi turkiy tili adabiy tili o'zbek (Miloddan (XII-XII adabiy oldingi asrdan XX asr tili(XX davrdan 2.Eski turkiy boshlari asrdan X asrgacha) til (X-XII) adabiyoti hozirgi davrgacha) Hozirgi barcha turkiy tillar uchun qadimgi turkiy til umumiy til sanaladi. Hozirgi turkiy tillarning shakllanishi quyidagi davrlarga bo'linadi: 1.Oltoy davri. 2.Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri . 4. O'rta turk davri. Turkiy tillar qadimda mo'g'il va tungus- manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu oltoy tili deb atalgan. Qadimgi turkiy til xususiyatlarini haqida ma'lumot beruvchi manbalar urxun-enasoy, uyg'ur, sug'd yozma yodgorliklaridir. Runiy (Urxun-Enasoy) yozuvi oromiy yozuvi ta'sirida paydo bo'lgan bo'lib, unda 26 harf mavjud. Avvalo bu yozuv Yenisey qirg'oqlariga, so'ngra sharqiy turklarga o'tib tarqalgan. Bu yozuvning borligi fan olamiga XII asrdagina ma'lum bo'ladi. Ularning namunalari Enasoy daryosi bo'yidan topilgan. XIX asr oxirida esa rus sayyohi va yozuvchisi N.M.Yadrinsev Urxun daryosi bo'yidan shu xildagi yozuvlarni topadi. Tuzilishi jihatidan german runik yozuvlariga o'xshaganligi uchun runiy yozuv, Urxun va Enasoy daryolaridan topilgani uchun Urxun-Enasoy yozuvi deb atagan. Eski turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari: Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» dostoni Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul haqoyiq» dostoni Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat» Turkiy tafsir (Qarshi tafsiri ) «O'g'uzxoqon» (O'g'uznoma) Burxoniddin Nasiruddin Rabg'uziy. «Qisasi Rabg'uziy» dostoni Eski o'zbek adabiy tili XII asrdan XX asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.Alisher Navoiy, Bobur,Turdi Farog'iy, Mashrab,Furqat,Muqimiy kabi ijodkorlarning eski o'zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda xizmatlari katta. O'zbek adabiy tili va xalq tili o'rtasidagi bog'liqlik. Milliy (umumxalq)til, adabiy til va shevalar Qarluq lahjasi O'g'o'z Qipchoq lahjasi lahjasi Lahja Auksion savollari. 1-savol : O'zbek adabiy tili qanday tarixga ega? 2-savol: «Kultegin», «Bilga xoqon», «To'nyuquq bahodir» kabi yodgorliklarning tili to'g'risida fikr yuriting. Ulardagi holatni bugungi tilimizga solishtiring va farqli jihatlarini toping. 3-savol: «Uma kelsa, qut kelur», «Kuzaku uzun bo'lsa, alik kuymas» maqollaridagi tagiga chizilgan so'zlarni izohlang,manbaini aniqlang Yangi mavzu bo'yicha o'z-o'zini baholash testi 1. Umumxalq tilining qayta ishlangan, sayqallangan va ma'lum bir me'yorga solingan shakli ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx