Gapda so'zlarning bog'lanishi. Teng bog'lanish

Gapda so'zlarning bog'lanishi. Teng bog'lanish

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Gapda so'zlarning bog'lanishi. Teng bog'lanish - rasmi

Material tavsifi

2-bosqich 1-semestr 2-mavzu:Gapda so'zlarning bog'lanishi. Teng bog'lanish Ona tili Abdukadirova M.M. Reja: 1.Sintaksis haqida ma'lumot . 2.Gapda so'zlarning bog'lanishi haqida. 2.Gapda so'zlarning yordamchi so'zlar bilan bog'lanishi haqida. 3.Teng bog'lanish. Sintaksis yunoncha syntaxis so'zidan olingan bo'lib, yopishtirish, bog'lash, demakdir. Demak, so'zlarning va gaplarning (qo'shma gap doirasida) o'zaro bog'lanish qonun-qoidalarini, ularning xillarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi sintaksis sanaladi. Bu bo'lim gapda so'zlarning bog'lanishini - so'z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o'rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so'z birikmasi va gap haqidagi ta'limotdir. So'z birikmasi Gap Sintaktik Sintaktik birlik, birliklar Sintaktik birlik, tushuncha hisoblanadi. kesimlik belgisiga ifodalaydi, Erkin ravishda ega, kelishik, egalik yaratiladi. fikr ifodalaydi, shakllari,ko'- Moviy osmon― tugallangan makchilar, ohang so'z birikmasi. ohangga ega yor-damida Osmon moviy― bog'lanadi gap Teng bog'lovchilar: va, ammo, lekin, biroq, hamda Vazifadosh Teng Sanash bog'lovchi: bog'lovchi ohangi , bilan vositalar Yuklamalar: -u(-yu), - da Тeng bog'lanishni quyidagi ishoralar bilan ifodalash mumkin: - sanash ohangi yordamida hosil , bo'lgan teng bog'lanish ammo, lekin, - teng bog'lovchilar yordamida bilan, hosil bo'lgan teng bog'lanish hamda, -u,-yu,-da Bir so'zning boshqa so'zga ma'lum grammatik vositalar (grammatik qo'shimchalar, yordamchi so'zlar) yordamida bog'lanishi grammatik bog'lanish hisoblanadi. Gapda so'zlarning bog'lanishi faqat grammatik bog'lanish bilan cheklanib qolmaydi. Bog'lanayotgan so'zlar mazmuniy tomondan ham o'zaro muvofiq bo'ladi. Masalan, gullamoq so'zi gul chiqarmoq ma'nosi bilan gullash xususiyatiga ega bo'lgan narsalarni bildiruvchi so'zlarga bog'lanadi: o'rik gulladi, jiyda gulladi kabi, lekin tosh, loy, suv kabi so'zlar bilan bog'lana olmaydi. Gapda so'zlarning bog'lanishi ikki xil bo'ladi: a) teng bog'lanish; b) tobe bog'lanish. Masalan, Kalila va Dimna; Kitobni o'qimoq. Bularning birinchisida Kalila so'zi Dimna so'zi bilan va teng bog'lovchisi yordamida; kitobni so'zi esa o'qimoq so'ziga -ni tushum kelishigi yordamida bog'lanyapti. Birinchi bog'lanish teng bog'lanish, ikkinchi bog'lanish esa tobe bog'lanish sanaladi.O'zaro teng bog'langan bo'laklar bir xil gap bo'lagi vazifasida keladi va ko'pincha bir xil so'roqqa javob bo'ladi. Ularni bir-biri bilan bog'lovchi vosita sifatida teng bog'lovchilar yoki sanash ohangi ishtirok etadi Bir xil gap bo'lagi vazifasida kelib, ko'pincha bir xil so'roqqa javob bo'luvchi bo'laklarning o'zaro teng bog'lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog'lanishi teng bog'lanish sanaladi. Quyidagi vositalar teng bog'lovchi vazifasini bajaradi. I. a) biriktiruvchi bog'lovchilar: va, hamda (ko'pincha va o'rnida bilan ko'makchisi ham qo'llanadi. Masalan, Oygul va Baxtiyor; Oygul bilan Baxtiyor. b) zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. d) ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam. II. Bog'lovchi vazifasidagi yuklamalar: a) gumon yuklamasi: nana b) kichraytiruv va ta'kid yuklamasi: -u (-yu), -da. Aqliy hujum ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.75 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.75 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga