2-bosqich 1-semestr 3-mavzu:So'z birikmasi.Tobe bog'lanish Ona tili Abdukadirova M.M. Reja: 1.Tobe bog'lanish xususiyati. 2.Tobe va hokim bo'laklar munosabati. 3.So'z birikmasi va qo'shma so'z. 4. So'z birikmasi va turg'un bog'lama (ibora). So'z birikmasi ifodalanayotgan hodisani boshqalaridan ajratib, aniqroq izohlab beradi: o'quvchi- so'z (umumiy), a'lochi o'quvchi- so'z birikmaси (xususiy) Bir bo'lakning boshqa bo'lakka kelishik, shaxs-son, zamon qo'shimchalari, ko'makchilar va so'z tartibi va ohang yordamida bog'lanishiga tobe bog'lanish deyiladi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, bir so'z ikkinchi so'zning, turli xil belgilarini ifodalab, aniqlab unga bog'lanib keladi. Ana shu turli belgilarni aniqlash uchun berilgan savol belgiga egalik qiluvchi so'zga bog'lanadi. Masalan, qanday odam? Xushmuomala odam. Qanday (qanaqa, qaysi) uy? Baland uy. Nimani o'qidim? Kitobni o'qidim. Тobe bog'lanish doimo ikki qismdan iborat bo'ladi: tobe bo'lak va hokim bo'lak.So'roq bog'lanib kelgan qism hokim, so'roqqa javob bo'lib keluvchi qism tobe bo'lak sanaladi. Masalan, chiroyli (qanday?) ko'ylak, go'zal (qanday?) mamlakat; dalaga (qayerga?) bormoq. SO'Z BIRIKMASI ERGASH SO'Z BOSH SO'Z -Bosh so'zning ma'nosini -So'z birikmasida izohlayotgan, ma'nosi to'ldirayotgan, ochib izohlanayotgan so'z berayotgan, so'z: baland bino, bolday shirin, yozib yashil bayroq, Hamidning bo'ldi akasi. SO'Z BIRIKMASI Otli Fe'lli birikm-a birikma Fe'lli birikma Bosh so'z, ot, sifat, son, Bosh so'z fe'l va uning, olmosh yoki harakat nomi ravishdosh sifatdosh shakllari bilan ifodalanadi: bilan ifodalanadi: yaxshi o'qish, o'qigan bola, yoza-yoza tobe bog'lanish, charchadi ko'rkam shahar SO'Z BIRIKMASI Sodda birikma Murakkab birikma - Ikki mustaqil uchta va undan ortiq so'zdan: mustaqil so'zdan iborat bo'ladi: beshta daftar, so'zi shirin horib- toshdan qattiq, qiz, charchab kuzgi bug'doy, kelish, zavq bilan aqlning ko'zi. kulish… Mashq. Тubandagi so'zlar yordamida so'z birikmalari tuzing. So'z birikmasidagi so'zlarning qanday vosita orqali munosabatga kirishganini tushuntiring. Go'zallik, qodir, din, she'riyat, rassom, hayot, mehribon, qahramon, insoniy, ijodkor, istak, ayol, xurofot, ruh, san'at, surat, musavvir, nafosat, ezgulik, mashhur, mukofot, davr, qalb, tuyg'u, mavhum, dala, da'vat, pok, o'lmas, ko'z, nogoh, ishonuvchan, shaxs. Mavzuga oid test savollari. 1. Qaysi birikmalarda tobe so'z sifat bilan ifodalangan? A. ishonchli do'st, oq kabutar, qizargan olma B. do'stona munosabat, g'oyat qiziqarli, o'zbekcha nutq C. hovlining o'rtasi, qushning qanoti, do'stimning maktubi D. qiziqarli suhbat, beqiyos o'lka, katta qishloq 2. Husan esa tabiatan tirishqoq va dadil ekan. U qunt bilan ishlabdi, xayotni diqqat bilan o'rganibdi, oqilona harakat qilibdi. Ushbu matndagi aniqlovchili birikmalarni hosil qiluvchi tobe so'zlar qaysi qatorda to'g'ri berilgan? A. tirishqoq, dadil B. qunt bilan, diqqat bilan, oqilona C. A va B D. to'g'ri javob berilmagan. 3.Bitishuv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmaisni toping. A.bolalar haqida g'amxo'rlik B. maktab ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx