2-bosqich 1-semester. 5-mavzu:Qaratqich kelishigi va egalik qo'shimchalarining qo'llanishi Ona tili Abdukadirova M.M. Reja: 1.So'zlarning ikki tomonlama bog'lanishi . 2.So'roq talab qiluvchi bo'lak haqida. 3.Qaratqich va tushum kelishiklarining o'rni. Aqliy hujum. 1.Ikki tomonlama bog'lanishni izohlang. a) -ning (do'stimning) (ona) -si b) - (mustaqillik) (shabada) -si d) -ning (bizning) (Vatan) - 2.Qaratqich va tushum kelishiklarining o'rnini izohlang. Ot -ning ot egalik Ot -ni fe'l Тobe bo'lak hokim bo'lakka qaratqich kelishigi va egalik qo'shimchasi yordamida bog'langanda ikki tomonlama bog'lanish ro'y beradi. Тobe bo'lak qaratqich kelishigi qo'shimchasini, hokim bo'lak esa egalik qo'shimchasini oladi.Bu tilshunoslikda moslashuv deyiladi. Bunday bog'lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi. Masalan:Karimning kitobi. Qaratqich kelishigi quyidagi hollarda, albatta, qo'llaniladi: a) qaratqich bilan qaralmish o'rtasida boshqa so'z kelsa. Masalan, Derazaning qora oynasi; b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda. Masalan, Ahmadning daftari, Mening daftarim kabi. Yuqorida ta'kidlanganidek, qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo'shimchalarining ifodalanishi to'rt xil ko'rinishga ega: Bu ko'rinishlar o'rtasida ma'lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor. Solishtiring: 1) daftarning varag'i; 2) daftar varag'i; 3) bizning daftar; 4) daftar varaq. Agar hokim bo'lak sof fe'l bilan ifodalansa va bu fe'l kimni? nimani? qayerni? so'roqlariga javob bo'luvchi so'zni talab qilsa, tobe bo'lak tushum kelishigida qo'llanadi, hokim bo'lak egalik qo'shimchasini olgan ot, ba'zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo'lak qaratqich keli- shigida qo'llaniladi . Qaratqich va tushum kelishiklaridan o'rinli foydalanish Qaratqich va tushum kelishik qo'shimchalari bir-biriga shakl jihatdan juda yaqin. Shuning uchun og'zaki so'zlashuvda qaratqich kelishigi o'rnida ham ko'pincha tushum kelishigi qo'shimchasi qo'llaniladi. Masalan, olmaning sharbati o'rniga olmani sharbati deyiladi. Natijada, yozuvda ham ko'pchilik og'zaki so'zlashuv ta'sirida shunday yozib qo'yadi. Bunday xatodan qutilish uchun hokim so'zning ifodalanishiga e'tibor berish kerak. 1-topshiriq. Nuqtalar o'rniga qaratqich yoki tushum kelishigidan birini qo'ying. Nima uchun qaratqich yoki tushum kelishigi qo'shimchasini qo'yganingiz sababini ayting. Kitob o'qimoq Kitob muqovasi Biz maktab O'rik yemoq Quyidagi savollar va topshiriqlarga javob bering. 1.Тeng bog'lanishdagi teng bog'lovchi vositalarni ayting. 2.So'z birikmasining kesimlik shakliga ega emasligini tushuntiring. 3.Hokim qism bilan tobe qismni bir-biridan qanday farqlash mumkin? 4.Тobe bo'lak hokim bo'lakka qanday vositalar yordamida bog'lanadi? 5.Kelishik va ko'makchilar o'rtasidagi sinonimiyani tushuntiring. 6.So'zlar o'zaro birikishi uchun mantiqiy bog'liqlik kerakmi? Misol bilan isbotlang. Mavzuga oid test topshiriqlari. 1.Moslashuvli birikma qaratqich kelishigi qo'shimchasisiz hosil bo'lgan qatorni toping. A. Hosil uchun kurash boshlandi B. Ota-onalar majlisi kechgacha davom etdi C. Sayilda shahar tomon ketishga oshiqayotgan odamlarga duch keldik. D. Baland binolar qad ko'tarib turadi. E. ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 10:36:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1014.54 KB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 10:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1014.54 KB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx