Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo'shib yozish

Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo'shib yozish

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo'shib yozish - rasmi

Material tavsifi

MAVZU:Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo'shib yozish O'qituvchi: Ruzikulova G. F. CHIZIQCHA BILAN YOZISH Juft yoki takror so'zlarning o'rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, kecha-kunduz, qing'ir-qiyshiq; tog'-tog', sekin-tez kabi. Juft so'zlar orasida -u, -yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu kech, osh-u non, oy-u quyosh, bola-yu chaqa kabi. Qop-qora, yam-yashil, to'ppa-to'g'ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. Uyma-uy, oyma-oy, dam-badam singari o'rtasida -ma yoki -ba qo'shimchalari kelgan so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. -mi, -gina (-kina,-qina), -oq (-yoq) yuklamalaridan tashqari barcha affiks yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, biz-a, keldi-da, ukasi-ku kabi. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-xona, 2001-yil, 8-mart. Rim raqamlaridan so'ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob. AJRATIB YOZISH Qo'shma fe'l, shuningdek, ko'makchi fe'lli qo'shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo'ya qoldi, o'qib chiqdi kabi. Har, kech, bir, u, shu, o'sha, hamma kabi so'zlar o'zi birikib kelgan so'zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o'sha joyda, hamma vaqt kabi. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon. Eslatma: bilan va uchun ko'makchilarining qisqargan la va chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to'q, och, tim, tang, jiqqa kabi so'zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko'k, to'q sariq kabi. Qo'shma sonlar ajratib yoziladi: o'n to'qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokazo. Yildan yilga, kundan kunga kabi ko'rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi. Nuqtayi nazar, tarjimaiy hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi. QO'SHIB YOZISH Xona, noma, poya, bop, ham, bahsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo'ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug'doyrang va h.k. -r, -ar, -mas qo'shimchasi bilan yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo'shma otlar va sifatlar qo'shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo'yko'z, sherdil, otquloq singari. ko'ksulton, oqbosh achchiqtosh ko'zoynak suvilon kabi. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo'rg'on, Davlatobod, Xo'jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko'hna Urganch, G'arbiy Yevropakabi joy nomlari ajratib yoziladi. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto'lqin, etektrarra kabi. Qisqartma so'zlar har doim qo'shib yoziladi: O'zMU, ToshDPU. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! MAVZU:Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish va qo'shib yozish O'qituvchi: Ruzikulova G. F. CHIZIQCHA BILAN YOZISH Juft yoki takror so'zlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga