Bosh harflar imlosi. Ko'chirish qoidalari

Bosh harflar imlosi. Ko'chirish qoidalari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Bosh harflar imlosi. Ko'chirish qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Bosh harflar imlosi. Ko'chirish qoidalari O'qituvchi: Ruzikulova G. F. BOSH HARFLAR IMLOSI Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog', tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, UrgUt, tentaksoy, Qo'ng'irtog', Qashqadaryo, Qora dengiz va hokazo. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san'at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «O'zqishloqxo'jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, «Shaytanat» asari va hokazo. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro'z bayrami, Xotira kuni. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi: O'zbekiston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, YevropaIttifoqi Kengashi kabi. Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, «Umid» jamg'armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kabi tashkilotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so'zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: «O'zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» me'dali. Shuningdek, «Sog'lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» me'dali singari mukofotlarning birinchi so'zi bosh harf bilan yoziladi. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat qilsagina u qadrlidir. (A. Oripov) KO'CHIRISH QOIDALARI Satrga sig'may qolgan so'zlar keyingi qatorga bo'g'in asosida ko'chiriladi: tad-birkor, tadbir-kor, kol-lej, ma'-lum, ta'-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo'g'inda qoldiriladi). So'z boshida kelgan yolg'iz unli hech vaqt yakka o'zi qoldirilmaydi: e'-lon emas e'lon, u-ka emas uka, mudofa-a emas mudo-faa singari. So'z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko'chiriladi: dia-gramma, mono-grafi-ya, foto- grafiya kabi. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko- sxona, pu-chuq, de-ngiz kabi. Qisqartma so'zlar, yil, oy, raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga ko'chirilmaydi: O'zMU, ToshDPU, 2001, 19, XX kabi. 10-«A» sinf 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko'rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Mavzu: Bosh harflar imlosi. Ko'chirish qoidalari O'qituvchi: Ruzikulova G. F. BOSH HARFLAR IMLOSI Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi. MAMLAKATLAR, SHAHARLAR, QISHLOQLAR, SHAHARCHALAR, DARYO, DENGIZ, TOG', TEPA, ADIR NOMLARI HAM BOSH HARF BILAN YOZILADI: HINDISTON, MUBORAK, URGUT, TENTAKSOY, QO'NG'IRTOG', QASHQADARYO, QORA DENGIZ VA HOKAZO. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san'at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «O'zqishloqxo'jmashxolding» kompaniyasi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga