Gap bo'laklari. Ega va uning ifodalanishi

Gap bo'laklari. Ega va uning ifodalanishi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Gap bo'laklari. Ega va uning ifodalanishi - rasmi

Material tavsifi

2-bosqich 1-semestr 6-mavzu: Gap bo'laklari. Ega va uning ifodalanishi Ona tili Abdukadirova M.M. Reja: 1.Gap bo'laklari. 2.Bosh va ikkinchi darajali bo'laklar haqida. 3.Ega - bosh bo'lak. BILAMAN BILISHNI BILIB OLDIM XOHLAYMAN Gap tarkibida ma'lum Gap bo'lagi gapning boshqa so'roqqa javob bo'lib, ma'lum Gap bo'lagi nima? bo'laklari bilan o'zaro bir sintaktik vazifada grammatik bog'langan, uzviy keluvchi so'z yoki so'z munosabatga kirishgan organik birikmasi. qismdir. Gap bo'laklarining leksik-semantik Dastlab bosh bo'laklar, so'ng Gap bo'laklari xususiyati xususiyati. ikkinchi darajali bo'laklar naimadan iborat ajratiladi. 1.Saodat aytilgan qizlarning Gapning bosh bo'lagidan biri bo'lgan butun latofatini egallab olgan Ega ― bosh bo'lak sifatida ega gapda kesim orqali (G'.G'ulom) ifodalanayotgan belgi predmetini anglatuvchi bo'lakdir. Gap tarkibidagi o'zaro tobe bog'lanishda bo'lgan so'zlardan bittasi tobe bo'lak, ikkinchisi hokim bo'lak vazifasini bajaradi. Тobe bo'lak hokim bo'lakka bog'lanib, hokim bo'lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo'lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog'lanib ma'lum so'roqqa javob bo'luvchi so'z yoki so'zlar birikmasiga gap bo'lagi deyiladi. Masalan, o'qituvchimga gul berdim. Bu gapda uchta gap bo'lagi bo'lib, birinchisi kimga? so'rog'iga javob bo'lib, to'ldiruvchi vazifasida, ikkinchisi nima (ni)? so'rog'iga javob bo'lib, to'ldiruvchi vazifasida, uchinchisi nima qildi? so'rog'iga javob bo'lib, kesim vazifada kelyapti. Gap bo'laklari Ikkinchi darajali Bosh bo'lak bo'lak To'ldiruvchi Aniqlovchi Ega Hol Kesim Ega va uning ifodalanish: Gap kesimining qo'shimchalardan anglashib turgan shaxs-son ma'nosini aniqlashtiruvchi bo'lak egadir. Ega, asosan, kim? nima? so'roqlariga javob bo'lib keladi. Ega doim bosh kelishik shaklida bo'ladi, egalik va ko'plik shakllarini qabul qilishi mumkin. Masalan:Karim litseyga bordi. Ega quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi: 1. Ot bilan: Aziz o'sha kitobni o'qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so'ng o'chdi. 2. Olmosh bilan: Sen o'zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol) 3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. (M.Ism.) 4. Sifatdosh bilan: o'qigan o'qdan o'zar, o'qimagan turtkidan shoshar. 5. Sifat bilan: Yaxshilar ko'paysin, yomon qolmasin. (Qo'shiqdan) 6. Ravish bilan: Ko'p so'zning ozi yaxshi, oz so'zning o'zi yaxshi. (Maqol) 7. Harakat nomi bilan: o'qish jafoli, keti vafoli. (Maqol). Ishlamoq ishtaha ochar.(Maqol) 8. Taqlid so'z bilan: Qars ikki qo'ldan chiqadi. (Maqol) 9. Modal so'z bilan: Bor so'zlaydi, yo'q o'ylaydi. (Maqol) Mavzuga doir savol va topshiriqlar. 1. Gapning qanday bo'lagi ega deb ataladi? 2. Ega ,asosan, qanday savollarga javob bo'ladi? 3. Ega qaysi kelishik shaklida bo'ladi? U otning qaysi grammatik shakllarini qabul qilishi mumkin? 4. Gap egasi qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? Misollar keltiring Mashq. Berilgan gaplarga mos kesim qo'yib gaplarni ko'chiring.Ega bilan moslang. 1. Beshik tebratgan qo'llar dunyoga 2. Dunyoda kechayotgan tabiat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.25 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.25 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga