O'zbekiston sporti. Tasviriy ifoda. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Kurash - juda qadimiy sport turi 1 Tasviriy ifoda 2 O'zbekiston sporti iftixorlari 3 Topshiriqlar ustida ish 4 Kurash Kurash juda qadimiy sport turlaridan biridir. Kurash qadimiy va erkin kurash turlariga bo'linadi. U rivojlanib o'zbek kurashi nomi bilan dunyoga tarqaldi va alohida sport turi sifatida tan olindi. Turkiy xalqlar tarixidan ma'lumki, qadimda xotin-qizlar ham kurash tushishgan. Asosan, sayl va bayramlarda, turli tantanalarda, katta-kichik to'ylarda pahlavonlar o'zaro kurashishgan. O'zbekistonda Milliy kurash federatsiyasi tuzilgan va kurashchilar bu jamiyatning a'zosi hisoblanadilar. Hozirda jahonning ko'pgina davlatlarida o'zbek kurashi bo'yicha xalqaro musobaqalar o'tkazilmoqda. Bu musobaqalarda o'zbek kurashchilari oldingi safda borishmoqda. Lug'at erkin kurash - вольная борьба pahlavon - богатырь sayl - народные гулянья jamiyat a'zosi - член общества Matn yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Qadimiy sport turlaridan qaysilarini bilasiz? 2. Kurash sportini ko'rganmisiz? 3. Jahonda kurash sportiga o'xshash sport turlari bormi? 4. Kurash sporti musobaqalari qayerlarda o'tkazilgan? Bilib oling! Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab, boshqa nom bilan ataladigan so'z birikmasi tasviriy ifoda deyiladi. Masalan: qushlar - qanotli do'stlar, fazogirlar - samo lochinlari, makkajo'xori - dala malikasi. aql gimnastikasi rassom qora oltin shifokor mo'yqalam sohibi neft salomatlik posboni shaxmat charm qo'lqop ustasi bug'doy oltin boshoq bokschi 1-mashq. Gaplarni o'qing. Namuna asosida yozing. Namuna: Sayohatchilar tuyalarda sayr qilishdi. Sayohatchilar sahro ke- malarida sayr qilishdi. 1. Shoir Alisher Navoiy o'z davrida ko'p shogirdlar yetishtirgan. 2. Onam men uchun bu olamning chirog'i. 3. Ukamga sher haqida ertak o'qib berdim. 4. Cho'ponlar o'z vazifalarini yaxshi bilardilar. 5. Bahor kelishi bilan issiq o'lkalarga uchib ketgan qushlar qayta boshladi. 6. Bola samolyotga qo'llarini siltab qoldi. 7. Qor orasidan boychechaklar bosh ko'tara boshladi. Foydalanish uchun so'z birikmalari: kumush choyshab, qanotli do'stlar, g'azal mulkining sultoni, zangori kema, o'rmon podshosi, qalbim quyoshi, yay lov bahodirlari, bahor elchilari. 1-topshiriq. Sport qachon, qayerda, qanday rivojlanganligi haqida bilganlaringizni qo'shgan holda matnni davom ettiring. Sport qadimdan inson hayotida muhim o'rin tutgan. Qadimgi Misrda sportning ayrim turlari 4 ming yil avval mavjud bo'lganligi haqida ma'lumot bor. Qadimgi Sharqda hatto ayollarning har tomonlama bilimli, kuchli bo'lib yetishishlariga jiddiy e'tibor qaratilgan. Har bir davlat boshlig'i, albatta, yetakchi sarkarda bo'lishi ham shart hisoblangan. Tarixda o'chmas iz qoldirgan Zahiriddin Muhammad Bobur shunday hukmdorlardan edi. 2-topshiriq. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling. 1. Hakam hushtak chaldi. 2. Futbolchi to'pni zarb bilan tepdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi. 3. Murabbiy yangi qoidalarni o'rgatdi. Biz ularni tez o'zlashtirib oldik. 4. ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.02 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.02 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx