Kelajakka yo'l. Rasmiy uslub. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Mening orzularim 1 Rasmiy uslub 2 Matn ustida ish 3 Matn yuzasidan savollar 4 Mening orzularim Inson bor ekan, u doimo biror- bir maqsadga, orzuga intilib yashaydi. Mening ham o'z orzu- umidlarim, oldimga qo'ygan maqsadim bor. Eng avvalo, men maktabni yaxshi baholarga bitirishim, buning uchun, albatta, yaxshi o'qishim, odobli bo'lishim, jamoat ishlarida faollik ko'rsatishim kerak. Keyin esa o'zimga yoqqan me'morchilik kasbi sirlarini o'rganmoqchiman. Menga bu kasb juda yoqadi, chunki ota-bobolarimiz yaratgan binolar asrlar osha o'z go'zalligini yo'qotmagan holda bizgacha yetib kelgan. Men ham kelajakda shunday binolar yaratmoqchiman. Lug'at maqsad - цель faol - aтивно intilmoq - стремиться yaratmoq - создавать orzu-umid - желание, мечтa Matn yuzasidan savollar: 1. Kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz? 2. Qanday orzularingiz bor? Bilib oling! Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan hujjatlar - qonun, qaror, nizom, buyruq matnlari rasmiy uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli tilda, qat'iy qabul qilingan shaklda tuziladi. Ayrim hollarda ko'pchilikka ma'lum bo'lgan qisqartma so'zlar ham ishlatiladi. Ularga ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiriq qog'ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimayi hol, e'lon, tavsifnoma kabilar kiradi 1-mashq. Gaplarni o'qing. Rasmiy uslubga xos bo'lgan gaplarni ko'chirib yozing. 1. Men 11-sinf o'quvchilarining aprel oyidagi davomatini tahlil qildim. 2. Mayli, bizlar ham topamiz, savolingizni beravering 3. Ma'lumotnoma tuman ijtimoiy-ta'minot bo'limiga ko'rsatish uchun berildi. 4. Arizaga tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasini ilova qilaman. 5. Ushbu bitim yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizolar qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi. 6. Guruh rahbari T. Qodirovning axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin. 7. Xayronman senga, ukaginam, modniy kiyimni ham eplab kiyolmayapsan-ku?! 2-mashq. Berilgan so'zlar ishtirokida rasmiy uslubga oid gaplar tuzing. Inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, yuklatilsin, tayinlansin, e'lon qilinsin, so'zga chiqdi, axborot berdi, fikr- mulohaza bildirdi, tejab ishlatilsin. 1-topshiriq. Savollarga og'zaki javob bering. Inson nimaga intilib yashaydi? 1. Maqsadga erishish uchun nimalar qilish kerak? 2. Kelajakda siz qaysi kasb egasi bo'lmoqchisiz? Nima uchun? 3. Siz tanlagan kasbning jamiyatga foydasi haqida nima deya 4. olasiz? Ota-onangizning kasblari haqida nimalarni bilasiz? 5. Bilib oling! Rasmiy uslubda ko'pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. 2-topshiriq. Hikmatlarni o'qing va mazmuni yuzasidan suhbatlashing. Kimki kitobga ko'p boqsa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini 1. oshiradi, so'zga chechan qiladi. Kitob insondan hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga 2. yetkazadi. Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulog'idir. 3. Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir. 4. 3-mashq. Gaplarni ko'chiring. Qaysi uslubda yozilganligini izohlang. 1. ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx