So'z birikmasi va gap - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON - SUVEREN DAVLAT O'TILGANLARNI TAKRORLASH. SO'Z BIRIKMASI VA GAP. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: O'zbekiston - mustaqil davlat 1 O'zbekistonning tashqi siyosati. O'zbekiston va xalqaro munosabatlar 2 So'z birikmasi tarkibi. So'z birikmasi va gap 3 Boshqaruv, moslashuv, bitishuv 4 TAYANCH SO'Z VA SO'Z BIRIKMALARI: MDH DAVLATLARI, KATTA ANJUMANLAR SAROYI, DAVLAT BAYROQLARI, DAVLAT BOSHLIQLARI, SAMMIT, TENG HUQUQLILIK, SUVEREN DAVLATLAR. O'zbekiston - suveren davlat O'ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLARNING TENG HUQUQLI SUBYEKTI HISOBLANADI. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI MUSTAQIL DAVLAT SIFATIDA JAHONNING 166 MAMLAKATI TAN OLGAN. 133 MAMLAKAT BILAN DIPLOMATIK MUNOSABATLAR O'RNATILGAN 44 mamlakat O'zbekistonda o'z elchixonasi va vakolatxonasini ochgan, 30 mamlakatda esa O'zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki vakolatxonasi mavjud. O'zbekiston BMTning to'la huquqli a'zosi sifatida ko'p davlatlar bilan diplomatik, savdo-sotiq va ijtimoiy-madaniy aloqalarni o'rnatmoqda. O'zbekiston o'z tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarni, avvalo, o'z Konstitutsiyasiga tayangan holda hamda xalqimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqib, davlat suverenitetini yanada mustahkamlashga qaratilgan holda olib boradi. Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston o'z tashqi siyosatida davlatlarning suveren tengligi, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi umume'tirof etilgan qoidalardan kelib chiqadi. O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatining asosiy maqsadi yagona iqtisodiy makon yaratish va uni yanada rivojlantirishdir. Lug'at teng huquqli - равноправный xalqaro munosabatlar - tashqi siyosat - внешняя политика международные отношения elchixona - посольство dahlsizlik - неприкасаемость vakolatxona - представительство ichki ishlar - внутренние дела aralashmaslik - полит. tayanmoq - опираться невмешательство manfaat - польза, интересы 1-topshiriq. Berilgan savollarga javob bering. 1. BMT, MDH qisqartma so'zlarini izohlang. MDHga qaysi mamlakatlar kiradi? 2. BMT tashkiloti qanday vazifalarni bajaradi? 3. O'zbekiston o'z tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarni nimalarga tayangan holda olib boradi? BILIB OLING! Ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zning ma'no va grammatik jihatdan bog'lanishi so'z birikmasi deyiladi. So'z birikmasi tarkibidagi so'zlar tobe munosabatda bo'ladi. O'zbek tilida tobe so'z hokim so'zdan oldin keladi. Masalan: Vatanni sevmoq - nimani sevmoq? Vatanimiz bilan faxrlanmoq - nima bilan faxrlanmoq? So'z birikmasini gapdan farqlash kerak. Gap tugallangan fikrni bildiradi, so'z birikmasi esa faqat atash vazifasini bajaradi. Qiyoslang: Davlat bayrog'i - nima? (so'z birikmasi). Davlatimiz bayrog'i hilpirab turibdi - nima? nima qilyapti? (gap). SO'Z BIRIKMALARINING HOSIL BO'LISHI VA TUZILISHI So'z birikmalarining tuzilishi So'z So'z birikmalari davlat tobe so'z hokim so'z bayrog'i davlat bayrog'i turli davlat bayrog'i mamlakatlar turli turli mamlakatlar mamlakatlar Vatan Vatan bilan faxrlanmoq Vatan bilan bilan faxrlanmoq faxrlanmoq 1-mashq. Birinchi qatorda berilgan sifatlarni ikkinchi qatorda berilgan otlar bilan bog'lab, so'z birikmalari tuzing. Mustaqil, suveren, katta, so'lim, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.74 MB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.74 MB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga