Tushuntirish xati. Monologik matn. Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Tushuntirish xati 1 Monologik matn va uning turlari 2 Halima Xudoyberdiyeva hayoti va 3 ijodi Majnuntol she'ri 4 Bilib oling! Tushuntirish xati ish yoki o'qish jarayonida shaxs tomonidan sodir etilgan ayrim intizombuzarlik holati va uning sababi ko'rsatilgan rasmiy ish qog'ozi hisoblanadi. Tushuntirish xati rahbar talabi bilan aniq va ixcham tarzda yoziladi, dalillar bilan izohlanadi, qo'shimcha asoslov hujjatlari bilan taqdim qilinadi. Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 45-maktab direktori J.Salimovaga 11-B sinf o'quvchisi S. G'aniyevadan Tushuntirish xati Men 2018-yil 4-aprelda onam betob bo'lib qolganliklari tufayli darslarga kela olmadim. Ilova: Onamning kasalligi haqidagi shifokor ma'lumotnomasi. 2020-yil 5-aprel (imzo) S. G'aniyeva Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek sanoat kolleji direktori A.Mahamatovga T.Murodovdan Tushuntirish xati 2019-yil 19- noyabr. 12-guruhda mashg'ulot o'tkazilmay qolishi to'g'risida 2019-yil 19-noyabr soat 8.30 da fuqaro himoyasi mashg'ulotiga 26 ta o'quvchidan 4 tasigina keldi. Natijada mashg'ulotni qoldirishga to'g'ri keldi. Sana O'qituvchi (Imzo) T.Murodov 1-mashq. Yuqorida berilgan namuna va so'z birikmalaridan foydalanib, tushuntirish xati yozing. Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolanayotgani uchun, nosozligi tufayli, imkoniyati yo'qligi tufayli, ob-havo o'zgarganligi munosabati bilan, xabar berilmaganligi sababli, ruxsat berilmaganligi bois. Bilib oling! Monolog yunoncha monos - bir necha va logos - nutq so'zlaridan olingan bo'lib, bir shaxsning bog'lanishli nutqini bildiradi. Monolog o'z xususiyatiga ko'ra 2 xil bo'ladi. So'zlovchining to'g'ridan to'g'ri boshqalarga qaratilgan nutqi ochiq shakldagi monolog yoki tashqi monolog deyiladi. Monolog insonning ichki nutqi, ya'ni o'z-o'zi bilan so'zlashuvi tarzida bo'lsa, yopiq shakldagi monolog yoki ichki monolog deyiladi. Monologlar badiiy asarlarda ko'p uchraydi. 2-mashq. Abdulla Qahhor hikoyalaridan berilgan parchalarni o'qing. Ichki va tashqi monologik nutqlarni qiyoslang va yozing. Kampir uning tovushini eshitmadi. U o'zicha gapirib borar edi: «Burungi zamon bo'lsa, mana shu maxluqqa tegmasdan ilojing yo'q edi, desam, Adolat ishonmaydi, o'lay agar ishonmaydi!» («Qizlar» hikoyasidan.) San'atkor izvoshchini hayron qoldirib, o'zidan o'zi g'uldirab borar edi. Uyda ham tomog'idan hech narsa o'tmadi - ikki piyola choy ichdi, xolos. Unga turib-turib ta'sir qilar edi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo'lsa, nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg'ulari kelipti Obbo!» («San'atkor» hikoyasidan.) Ozbek shoiralari Halima Xudoyberdiyeva (1947) Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida tug'ilgan. «Otam, - deb eslaydi shoira, - adabiyotga ixlosmand odam bo'lib, o'rtoqlari bilan tez-tez yig'ilishib turishardi. Ular chaqchaqlashib suhbat qurib, kitobxonlik qilganlarida uyimizda tongotar bazm bo'lardi. Qiblagohim otam kitoblar qiroatini joyiga keltirib, g'alati, yurakni larzaga keltiruvchi bir xonish bilan o'qirdilar. Ijodkor ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.5 MB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.5 MB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx