Saida Zunnunova hayoti va ijodi

Saida Zunnunova hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Saida Zunnunova hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Saida Zunnunova hayoti va ijodi Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Saida Zunnunova haqida 1 Saida Zunnunova asarlari 2 Qizimga she'ri 3 Matn yuzasidan savollar 4 «Saidaning birinchi kitobini o'qib «Qizingiz yozdi» deb nom qo'yib berganman. Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi. U xotin- qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag'batimizni toblantiradigan, idrokimizni go'zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo'lib yetishdi». G'afur G'ulom Saida Zunnunova 1926-yil 15- fevralda Andijon shahrida tug'ilgan. U shahardagi 30-maktabni tugatgach, Andijon davlat o'qituvchilar institutida o'qidi. So'ngra ToshDU (hozirgi O'zMU)ning filologiya fakultetida ta'lim oldi. Shoira Andijon maktablarida muallima, jurnal va gazeta muharririyatlarida, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishladi. Saida Zunnunova Said Ahmadning rafiqasi edi. U 1977- yil 51 yoshida vafot etdi. Asarlari: «Qizingiz yozdi», «Yangi she'rlar», «Gullar vodiysi», «Qizlarjon», «Bir yil o'ylari» kabi to'plamlari, «Gulbahor» hikoyalar to'plami, «Gulxan» qissasi, «Olov», «Odamlar orasida», «Ko'chalar charog'on», «Direktor», «Bo'ylaringdan o'rgilay», «Ruh bilan suhbat» dostonlari va boshqalar. Qizimga Yer uzra qo'ndi oqshom, Oy shu'lasi bir mayin. Kel, oppog'im, kel, erkam, Men seni allalayin. Dudog'ing guldan xushbo'y, Yuzlaring undan xushro'y. Kel, oppog'im, bag'rimga Jajji boshginangni qo'y. Tovuq uxlar qo'noqda, Shamol tingan butoqda. O't-o'lanlar jimgina Orom olar o'tloqda. Yulduz charaqlayapti, Oy ham yaraqlayapti. Qizcha uxladimi, deb, Mendan so'roqlayapti? Yer uzra qo'ndi oqshom, Oy shu'lasi bir mayin. Kel, oppog'im, kel, erkam, Men seni allalayin. Lug'at shu'la - луч, сияние butoq - сук, толстая ветвь dudoq - книж. губа, губы o'tloq - луг xushro'y - красивый yaraqlamoq - блестеть 1-topshiriq. She'rni o'qing va quyidagi savollarga yozma ravishda javob bering. Shoira qizini tabiatning qaysi xususiyatlariga 1. o'xshatadi? Yulduz va oy kimni so'raydi? 2. G'afur G'ulom shoiraga qanday ta'rif bergan? 3. «Oda mlar «Gulxan» orasid qissasi a» «Olov» Saida «Ruh bilan Zunnunova suhbat» asarlari «Ko'chalar charog'on» «Bo'yla Direktor» ringdan « o'rgilay » Madaniyat sohasida zarur ? Iste'dod (o'zingiz tоping) Muloqot Ishonch 1. Barqaror 2. Barqaror birikma 3. birikmaning deganda Frazeologiz qanday turlari nimani m nima? mavjud? tushunasiz? 4. Maqol va matal 5. Qanday birikmalar deganda nimani hikmatli so'zlar tushunasiz? (aforizmlar) sanaladi? Uy vazifasi. O'zbek shoiralari - ayol ijodkorlari ro'yxatini tuzing. E'tiboringiz uchun rahmat! Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna Saida Zunnunova hayoti va ijodi REJA: 1 Saida Zunnunova haqida 2 Saida Zunnunova asarlari 3 Qizimga she'ri 4 Matn yuzasidan savollar «Saidaning birinchi «Qizingiz kitobini o'qib yozdi» deb nom qo'yib berganman. Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi. U xotin- qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.27 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.27 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga