Dialogik matn - rasmi

Material tavsifi

Xalq amaliy san'ati. Dialogik matn. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: «Naqsh» so'zining ma'nosi 1 Usta Shirin Murodov 2 Amaliy san'at (hunarmandchilik) muzeyi 3 Dialogik matnlar bilan ishlash 4 Foydalanish uchun so'z va so'z birikmalari: san'atkor, o'ymakorlik, duradgorlik, san'at turlari, ganch ustasi, zargarlik, naqqoshlik san'ati. Naqsh Ustoz, naqsh degani nima? - «Naqsh» arabcha so'z bo'lib, tasvir, gul - ma'nolarini anglatadi. U elementlari ma'lum tartibda takrorlanadigan qush, hayvon, o'simliklar, geometrik shakllar va boshqalarning ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqshlar qanday turlarga bo'linadi?  Naqshlar mazmuniga ko'ra  o'simliksimon, geometrik naqshlarga, gulli, guruh, ramziy va boshqa turlarga bo'linadi. Men oq matoga naqshlar chizib ipak  iplar bilan ustidan tikib chiqaman. Bunday kashta tikishni buvimdan o'rganganman. Naqsh haqida ma'lumot berganingiz uchun rahmat. Amaliy san'at turlari Usta Shirin Murodov O'zbek me'morchiligining shuhrati butun jahonga tanilgan. Bunda o'z kasbi tufayli tanilgan iste'dod sohibi usta Shirin Murodovning ham hissasi katta. Kasbga bo'lgan mehr-muhabbat, tinimsiz mehnat uni elga tanitdi. Uning otasi usta Murod va bobosi usta Nosir Buxoroning mohir ganchkorlaridan bo'lishgan. Usta Shirin 14 yoshida yetim qolib, amakisi, mashhur ganchkor usta Hayot qo'lida ta'lim oldi. Mustaqil usta sifatida Karmana (hozirgi Navoiy)dagi saroyni bezashda ishtirok etib tanildi. Qadim Buxoroning ko'rkam yodgorligi Sitorayi Mohi Xosaning Oq zali bezagi usta Shirinning me'morchilik mahorati kamolga yetganini namoyish etdi. Usta Shirin ma'muriy binolarni ganchkorlik naqshlari bilan bezadi. Ko'pgina arxitektura yodgorliklarini ta'mirlashda faol qatnashdi. O'zbekiston va Turkmaniston qishloq xo'jaligi ko'rgazmasi xonalari usta Shirin tomonidan bezatildi. Toshkent kuranti, Navoiy nomini olgan adabiyot muzeyi, Muqimiy teatri va boshqa ko'pgina binolardagi ganch o'ymakorligining nafis naqshlari usta Shirinning sermashaqqat ijodiy mehnati natijasidir. U Alisher Navoiy nomidagi teatrning Buxoro zali bezagi uchun Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Samarqand ta'mirlovchilar maktabida, Toshkent qurilish san'ati bilim yurtida, P.Benkov nomli respublika badiiy bilim yurtida ko'p yillar o'zbek xalq me'morchiligi sirlaridan o'quvchilarga saboq berdi. Lug'at me'morchilik - зодчество, архитектура iste'dod sohibi - обладатель таланта ganchkor - мастер резьбы по ганчу mahorat - высокое мастерство yodgorlik - памятник, реликвия kamolga yetmoq - достигать совершенства o'ymakorlik - резьба, гравировка sermashaqqat - многотрудный Amaliy san'at muzeyi 1937-yilda Toshkent shahrida amaliy san'at (hunarmandchilik) muzeyi tashkil qilingan. Muzeyda ekskursiyalar, ko'rgazmalar, xazina, ilmiy metodika bo'limlari, kutubxona (Internet tarmog'iga ulangan) bor. Muzey xazinasida XIX asrning 1- yarmidan to hozirgi kungacha bo'lgan davrda o'zbekistonlik ustalar tomonidan yaratilgan amaliy san'at durdonalari saqlangan. Ular 20 nomdagi (kulollik, chinnisozlik, shishasozlik, kashtado'zlik, do'ppi, matoga gul bosish, chitgarlik, badiiy mato, milliy kiyim, gilamchilik, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, lokli miniatura, zargarlik, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 5.18 MB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 5.18 MB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga