Cho'lponing hayoti va ijodi

Cho'lponing hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Cho'lponing hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Maktub (xat). Cho'lponing hayoti va ijodi. Taklifnomalar. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Xat va ularning turlari 1 Abdulhamid Sulaymon o'g'li 2 Cho'lpon Ko'ngil she'ri 3 Taklifnoma 4 Bilib oling! Xat kundalik turmushda o'zaro munosabatlarni ifodalash maqsadida yoziladigan monologik matndir. Xatlarning salomnoma, tijorat xatlari va diplomatik yozishmalar turlari mavjud. Salomnoma xatlari do'stlik va hamkorlik munosabatini ifodalaydi hamda erkin uslubda yoziladi. Tijorat xatlari esa savdo-sotiq, tadbirkorlik faoliyatida qo'llanadi. Diplomatik yozishmalar davlat rahbarlari, elchilar, konsullarning o'z mamlakatlari nomidan olib boradigan yozishmalaridan iborat. Tijorat xatlari va diplomatik yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Ularda davlat manfaatlari yuzasidan o'tkaziladigan tadbirlar, rasmiy uchrashuvlar va iqtisodiy masalalar bo'yicha o'zaro kelishuvlar aks etadi. Xat Salom Yulduz, sog'-salomatmisan, oila a'zolaring yaxshimi? A'lo baholar- ga o'qib yuribsanmi? Mendan so'rasang, yaxshi yuribman. Maktabda o'qishlarim namunali. Hamma fanlardan a'lo baholarga o'qiyapman. Sen yozgan maktubni olib, xursand bo'ldim. Xatingda Oybekning «Navoiy» romanini o'qishni boshlaganingni yozibsan. Men ham bu asarga qiziqib qoldim. Topib o'qishga harakat qilyapman. Maslahating uchun rahmat. Sendan xat kutib qoluvchi dugonang Dilfuza. 1-mashq. Xat namunasida nuqtalar o'rniga foydalanish uchun berilgan so'z birikmalaridan mosini qo'yib ko'chiring va bu xatning qaysi turiga kirishini ayting. Foydalanish uchun: kelishilgan joyga, shartnoma bandlarini kelishib olish uchun, qabul qildim. Hurmatli …… Sizning ertaga soat 11.00 da uchrashish haqidagi taklifingizni oldim. Bu taklifni xursand bo'lib Ertagao'z vaqtida yetib boraman. Hurmat bilan, imzo Abdulhamid Cho'lpon (1898-1938) Buyuk ma'rifatparvar va serqirra faoliyat sohibi Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1898-yllAndijonda tug'ilgan. Uning otasi Sulaymonqul Mulla Mu- hammad Yunus o'g'li o'z davrining nozikta'b kishilaridan bo'lib, hajviy she'rlar ham yozgan. Cho'lpon madrasa va rus-tuzem maktabida tahsil olgan. U, bir tomondan, an'anaviy sharqona bilim, ikkinchi tomondan, yevropacha ta'lim va tarbiya olgan. Cho'lponning adabiy merosi «Kecha va kunduz» romani, «Do'xtir Muhammadiyor», «Buloqlar», «Uyg'onish», «Tong sirlari», «Qor qo'ynida lola», «Novvoy qiz», «Oq podshoning in'omi» hikoyalari, «Yorqinoy», «Mushtumzo'r», «O'rtoq Qarshiboyev» kabi pyesalardan iborat. Mustaqillik yillarida Cho'lponning 100 yilligi keng nishonlanib, vafotidan keyin unga Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Shuningdek, shoir «Mustaqillik» ordeni bilan taqdirlandi. Lug'at serqirra - многогранный in'om - подарок, дар hajviy - сатирический sharqona - по-восточному faoliyat - деятельность mushtumzo'r - насильник ma'rifatparvar - просветитель taqdirlanmoq - быть оценённым nozikta'b - с тонким вкусом CHO'LPON asarlari Ko'ngil Ko'ngil, sen Tubanlik mangu ketmasmi? munchalar nega Kishanlar parchalanmasmi? Kishanlar birla Qilichlar endi sinmasmi? do'stlashding? Tiriksan, o'lmagansan, Na faryoding, na doding bor, Sen-da odam, sen-da insonsan. Nechun sen muncha sustlashding? Kishan kiyma, Haqorat dilni Bo'yin egma, og'ritmas, Ki, sen ham hur ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga