DO'STLARIM VA QIZIQISHLARIM. (UYUSHIQ BO'LAKLI GAPLAR VA ULARDAGI BOG'LOVCHILAR.) Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Mamarajabova Iroda Fayzullayevna REJA: 1. Mening do'stlarim. 2. Uyushiq bo'laklar. 3. Bog'lovchilar HAQIQIY INSONLAR BIR- BIRLARIGA DO'ST VA YO'LDOSH TUTINGANLAR, DO'STLIK VA HAMJIHATLIK KENG XALQ OMMASINING BUYUK FAZILATI BO'LIB, BUNI ALISHER NAVOIY HAZRATLARI BESHASR ILGARI DOSTONLARIDA TARANNUM ETGANLAR. Bu g'oya dunyo xalqlari o'rtasida milliy nizolar ko'paygan hozirgi qiyin bir sharoitda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Do'stlarning va tengdoshlarning bir-birlariga shirin muomalada, mehr-u muhabbatli bo'lishlari do'stlikni mustahkamlaydi. Bir odamning do'sti go'zal xulqli bo'lsa, u do'stidan ibrat olib, u ham go'zal xulqli bo'lishga kirishadi. Agar do'sti yomon xulqli bo'lsa, shunga qarab yomon xulqli bo'ladi. Bilib oling! Gapda bir xil sintaktik vazifa bajarib, bir xil so'roqqa javob bo'luvchi, o'zaro teng aloqadagi bo'laklar uyushiq bo'laklar deyiladi. Gapning barcha bo'laklari uyushib kelishi mumkin. Uyushiq bo'laklar odatda bir xil so'z turkumi bilan ifodalanadi. Masalan: Yurtimizning farovonligi, tinchligi va iqboli bizga bog'liq. Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti Uyushiq bo'laklarni bog'lovchi grammatik vositalarini bilib oling! Biriktiruv Zidlov Ayiruv Yuklamalar bog'lovchilar bog'lovchilar bo'g'lovchilar va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq goh, goh, -u, -yu, -da bilan yoyoqi, ba'zanba'zan, dam Bilib oling! Uyushiq bo'laklar bog'lovchi so'zlarsiz, faqat sanash ohangi bilan bog'langanda, vergul bilan yoziladi. Masalan: Maktabimiz bog'iga olma, gilos, o'rik, anjir daraxtlarini ekdik. Zafar, Hamid, Diyorbek qadrdon do'stlardir. 1-topshiriq. Berilgan so'z va so'z birikmalaridan foydalanib, do'stlaringiz va qiziqishlaringiz haqida suhbatlashing. Foydalanish uchun so'z va so'z birikmalari: do'stlarim, do'stga sadoqat, g'amxo'r va samimiy, puxta bilim olish, qiziqqan sohalarimiz, tanlovda ishtrok etmoq, g'oliblikka intilish. 1-mashq. Gaplarni o'qing. Uyushib kelgan bo'laklarni toping. Uyushiq bo'laklarni bog'lovchi vositalarni toping. 1. Maktabimizda rassomlik, duradgorlik va tikuvchilik to'garaklari bor. Biz katta va yorug' sinflarda o'qiymiz. 3. Nargiza sinfga shoshilib kirdi- yu tezda chiqdi. 4. To'lqinning, Ozodaning va Shoiraning ukalari bog'chada tarbiyalanadilar. 5. Mashina sekinladi, lekin to'xtamadi. 6. Kuzda gohida shamol bo'ladi, gohida yomg'ir yog'adi. 7. Sinf rahbarimiz bizni ba'zida muzeyga, ba'zida teatrga olib boradilar. 2-mashq. Matnni o'qing. Uyushgan va uyushmagan bo'laklarni aniqlang. Bog'da yoqimli shabada esadi. Bulbullarning va sa'valarning sayrashi dilga zavq bag'ishlaydi. Oq, qizil, sariq, nim pushti gullar chamandek ochilib yotibdi. Nafis gullarning, xushbo'y rayhonlarning hidi anqiydi. Bog' o'rtasidan o'tgan ariqdan suv shildirab oqib turibdi. Sevara tiniq zilol suvda yuz-qo'llarini yuvdi, so'ngra turli gullardan va rayhonlardan katta guldasta yasadi. Uyga vazifa. Chap ustunda berilgan gaplarning davomini o'ng ustundan topib yozing.Uyushiq bo'laklarni aniqlang va bog'lanishini tushuntiring. Xushyor, sezgirlikni sira ham dam jiddiy so'rardi Izzat va obro'li birga dars qila boshladilar U dam hazil qilardi, o'qidi, ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx