Milliy madaniyat markazlari. Iboralar. Tavsifnoma. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Respublika baynalmilal 1 madaniyat markazi Iboralar 2 Yaxshilik nur keltirar 3 Tavsifnoma 4 - Bizda baynalmilal milliy madaniy markaz bormi? - Ha, bor. Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1992-yil mamlakatimizda «Respublika baynalmilal madaniyat markazi» tashkil etildi. - O'zbekistonda bunday markazlar ko'pmi? - O'zbekistonda millat va elatlarning madaniy markazi bugungi kunda 137 taga yetgan. - Ha, rost aytasan, O'zbekistonning millatlararo munosabatlarni mustah- kamlash borasida katta tajribasi butun dunyoda keng e'tirof etilmoqda, ko'plab mamlakatlar uchun namuna bo'lib xizmat qilmoqda. -Turli millat vakillari O'zbekistonda tinch, totuv, farovon va baxtli yashab kelmoqdalar. Bu muqaddas Vatanda har bir inson millati, dini va tilidan qat'i nazar mehnat qilsa, xalqimiz uni ardoqlaydi. Respublika baynalmilal madaniyat markazi 1992-yil 13-yanvar Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi. Respublika baynalmilal madaniyat markazi millatlararo munosabatlar, O'zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millat va elatlar vakillarining totuvligi va hamkorligini ta'minlaydi. Ularning o'ziga xos madaniyatlari va ma'naviy qadriyatlarini rivojlantirishni har to- monlama qo'llab-quvvatlash sohasidagi siyosatni amalga oshirishda davlat organlariga va jamoat tashkilotlariga ko'maklashuvchi mustaqil muassasa hisoblanadi. Mazkur markazning asosiy vazifasi millatlararo totuvlik qaror topishiga yo'naltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni rag'batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Markaz O'zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o'ziga xos milliy an'analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklaydi va rivojlantiradi. Lug'at baynalmilal - qadriyat - ценность интернaциональный munosabat - muvofiqlashtirish - отношение приводить в hamkorlik - соответствие сотрудничество Matn yuzasidan savollar: 1. Baynalmilal madaniyat markazi qanday muassasa hisoblanadi? 2. Madaniyat markazi qanday ishlar bilan shug'ullanadi? Bilib oling! Ma'nosi bir so'zga teng keladigan ikki va undan ortiq so'zlar yig'indisi ko'chma ma'noda kelsa ibora deyiladi. Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so'roqqa javob bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasida keladi. Iboralar nutqni ta'sirchan, jozibali qiladi. Masalan: qulog'i ding bo'lmoq - hushyor bo'lmoq, qovog'idan qor yog'di - xafa bo'ldi. 1-mashq. Gaplarni yozing. Iboralarni topib mazmunini izohlang. 1. Hoshimjonning shundan keyin burni osmonga ko'tarildi. 2. Bolalar bog'ni vaqtida tozalashga bel bog'ladilar. 3. Farzandining yomon xulqi ota-onaning boshini bukdi. 4. Karima xola o'ziga bino qo'ygan bu yigitga uzoqdan qarab turardi. 5. Sobiq direktor otdan tushsa ham, egardan tushmas edi. 6. Kechagi voqeadan bolalarning dami ichida edi. 7. Ko'chamiz bolalari bugungi g'alabadan do'ppisini osmonga otdi. 8. Ikkala dugonaning fikrlari bir joydan chiqdi. 2-mashq. Gaplarni o'qing. Iboralarni topib yozing, mazmunini izohlang. 1. Singlim labi labiga tegmay, kelgan mehmonlarga gap bermay faqat o'zi gapirdi. 2. U sahnaga chiqishdan oldin ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
5.08 MB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
5.08 MB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx