Tog'ay Murodning hayoti va ijodi. Yulduzlar mangu yonadi asari. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Tog'ay Murodning hayoti va 1 ijodi Tog'ay Murodning asarlari 2 Yulduzlar mangu yonadi 3 qissasi Topshiriqlar ustida ish 4 Tog'ay Murod (1948-2003) Iste'dodli adib Tog'ay Murod 1948-yili Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xo'ja- soat qishlog'ida dunyoga kelgan. O'zi tug'ilib o'sgan qishlog'idagi o'rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. U «Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom», «Momo yer qo'shig'i», «Oydinda yurgan odamlar» qissalari, «Otamdan qolgan dalalar» romanlarini yaratgan. Adib o'zining ilk «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida o'zbek milliy kurashi haqida hikoya qilgan bo'lsa, «Ot kishnagan oqshom» qissasida uloqchi chavandozlar hayotini tasvirlagan. Undagi bosh qahramon Tarlon nomli ot timsolida bir olam insoniy ezgu tuyg'ularni tasvirlagan. Yozuvchi «Oydinda yurgan odamlar» qissasidagi bosh qahramonlar Qoplon bilan Oymomolarning farzand ilinjida o'tkazgan iztiroblarga to'la hayoti misolida insondagi ilohiy mehrni ulug'laydi. «Momo yer qo'shig'i»da esa ona zamindan ajralib qolgan, ona Vatanda yashab turib, el-yurt tuyg'usidan mahrum bo'lgan va oqibatda mustabid tuzum mafkurasi qurboniga aylangan ijodkor shaxs obrazini mahorat bilan umumlashtiradi. Unga 199-yili «O'zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Tog'ay Murod 2003-yilda vafot etgan. Yulduzlar mangu yonadi (qissadan parchalar) Bo'ri polvon davradan xursand: janjal-araz yo'q. O'zini taroziga solmay olishyapti. Ana, xo'jasoatlik Sadir polvon sho'rchilik Ro'zi polvonni yelkasidan oshirib urdi.Ro'zi polvon o'rniga Maksim polvon degan chiqdi. Sadir polvon: E, u sport masteri, chiqmayman, - deya turib ketdi. Maksim polvon sambo kurashi bo'yicha sport ustasi ekani chin bo'ldi. Bo'ri polvon xo'jasoatliklarga: Chiqinglar-da endi! - dedi. Amir polvon: E, polvon bova, master sportga teng kep bo'ladimi? - dedi.Davraga kirib, xo'jasoatliklarga ovoz berdi: Amir, Tilovberdini berman yubor! Tilovberdi, munda ke! - dedi. Shunda, davraga Bo'ri polvonning o'g'li Tilovberdi chiqib keldi. Bo'ripolvon o'g'lini tirsagidan yetaklab, bakovul ro'parasiga o'tirg'izdi. Sho'rchiliklar ko'nishga ko'ndi-yu, Maksim polvon rozi bo'lmadi. Tilovberdining vazni og'ir, chiqmayman, - dedi. Bo'ri polvonning zardasi qaynadi. - Nima, endi davraga taroziga tortib chiqaraylikmi? - dedi. - Ko'rib turibsan, bo'yi basti sendan ziyod emas, chiqa ber- da! Chiq-e, ota-bovamiz tarozisiz olishgan! - E, chiq-e, Maksim-e, yiqilsang yer ko'taradi-da! - dedi sho'rchiliklar. Polvonlar fotiha olib ketdi. Bo'ri polvon ich-ichidan zil ketdi. O'zi bilan o'zi gapirishdi. Biz polvonlik maktabida o'qimadik.Polvonlik bizga otameros.Pushtdan pushtga, qondan qonga o'tib kelyapti. Polvonlikning ko'zga ko'rinmas, til bilan tushuntirib bo'lmas shunday sirlari borki, buni faqat tomirida polvonlik qoni borlargina biladi. Biz bilamiz! Bu sirlar hech bir kitobda yo'q! Mana, mening o'zim. Surxon vohasida mendan yiqilmagan polvonning o'zi yo'q! ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.33 MB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.33 MB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx