Kitob- yaqin do'st. Uyushiq bo'lakli gaplarda umumlashtiruvchi so'z. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Mamarajabova Iroda Fayzullayevna Reja: 1. Kitoblar dunyosi 2. Umumlashtiruvchi so'z 3. Sevimli kitobim 1-topshiriq. Rasmni kuzating. So'z va so'z birikmalaridan foydalanib, kitobxonlik haqida suhbatlashing. Foydalanish uchun so'zlar: Kitob, yaqin, do'st, oilamizning, sarguzasht asarlar, sevimli qahramonlar, mashg'uloti, maktab kutubxonasida, ibrat olaman, jahon adabiyoti, shaxsiy kutubxona, to'ldirib boraman. Kitob o'qishning hikmati. Ko'plab kitob o'qish, o'qiganda ham tushunib o'qishda hikmat katta. Kitob o'qishning foydasi haqida ulug' alloma Abu Ali ibn Sinoning hayotidan olingan ushbu lavha diqqatga sazovor. Aytishlaricha, Buxoro amiri Nuh ibn Mansurning saroyida juda boy kutubxonasi bo'lgan, ammo unga kirish uchun hammaga ham ruxsat etilmagan ekan. Bir tasodif tufayli Abu Ali ibn Sino o'sha kutubxonaga kirish va kutubxonadan foydalanish huquqiga ega bo'ladi… Kunlardan bir kuni amir kasal bo'lib qoladi. Saroy tabiblari uni davolay olmaydilar. Shunda Buxoro tabiblari orasida endigina nom chiqarib kelayotgan Abu Ali ibn Sino haqida gapirib qolishadi. Amir uni saroyga chaqirishlarini buyuradi. Ibn Sino amirni davolaydi. Bundan xursand bo'lgan amir uni saroy tabiblariga boshliq qilib tayinlaydi va «Tila tilagingni!» deydi. Ibn Sino amirdan kutubxonadan foydalanishga ruxsat berishini so'raydi. Amir ruxsat beradi. Shunday qilib, mashhur olim amir kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega bo'ladi. Lug'at foyda - польза, выгода, tabib - лекарь alloma - ученый tasodif - случайслучайность xursand - радостный, весёлый ruxsat - позволение, разрешение mashhur olim - знаменитый ученый Bilib oling! Uyushiq bo'laklarining ma'nolarini jamlab, umumlashtirib keladigan so'z va so'z birikmalari umumlashtiruvchi so'z deb ataladi. Umumlashtiruvchi so'zlar, odatda, jamlovchi olmoslar va sonlar bilan ifodalanadi va tire yoki ikki nuqta bilan yoziladi. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'lakdan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so'zdan keyin ikki nuqta qo'yiladi. Asrorning ikki o'rtog'i: Diyor va Abror chiqib qoldi. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'lakdan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so'zdan oldin tire qo'yiladi. Uylar, daraxtlar, ko'chalar - hammasi atrofning qorong'iligidan ko'rinmay ketdi. 1-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi umumlashtiruvchi so'zlardan mosini qo'yib yozing. 1. Onam bilan opam - (ikkita, ikki, ikkovlari) dorixonada ishlaydilar. 2. Sen bilan men - (uchovimiz, ikkovimiz, ikkinchi) sport musobaqasida ishtirok etar ekanmiz. 3. Bog'ning turli joylarida har xil (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar) nok, o'rik, olma, jiyda va hokazo anchagina . 4. Samad va O'rol (ikkovingiz, to'rtovingiz ) ertaga vaqtli keling. 5. Quyosh, havo, suv (hammasi, birga) bizning eng qadrli do'stimiz. 2-mashq. Nuqtalar o'rniga uyushiq gap bo'laklarini qo'yib yozing. Umumlashtiruvchi so'zlarni toping. 1. , , - badiiy asarlar hisoblanadi. 2. O'zbek yozuvchilaridan: , , asarlarini qiziqib o'qiyman. ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
10.88 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
10.88 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx