Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari

Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda ta'lim tizimi Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: O'zbekistondagi ta'lim bosqichlari 1 Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra turlari. 2 Darak va so'roq gaplar 3 Ikki do'st haqida hikoyat 4 O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, «Ta'lim to'g'risida»gi qonun qabul qilindi va shu asosda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ishlab chiqildi. Ushbu qonunga muvofiq respublikamizda quyidagi ta'lim bosqichlaridan iborat uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi: Bolalar bog'chalari, maktabga tayyorlov guruhlarini qamrab olgan maktabgacha ta'lim. Boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflarni qamrab olgan majburiy umumiy ta'lim. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qamrab olgan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi. Bakalavriat va magistraturani qamrab olgan oliy ta'lim. Doktorantura, mustaqil tadqiqotchilar va malaka oshirish tizimini qamrab olgan oliy ta'limdan keyingi ta'lim. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. «Ta'lim to'g'risida»gi qonun qachon qabul qilindi? 2. Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimi qanday bosqichlardan iborat? 3. Aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz ta'limning qaysi bosqichida tahsil olmoqdalar? 4. Siz maktabni bitirib, qaysi soha bo'yicha mutaxassis bo'lmoqchisiz? Buning uchun qaysi fanlarni chuqur o'rganyapsiz? Lug'at ishlab chiqmoq - разработать tadqiqotchi - исследователь muvofiq - соответствующий, согласно majburiy - обязательный maktabgacha ta'lim - дошкольное образование maxsus - специальный tahsil olmoq - учиться uzluksiz ta'lim - непрерывное образование malaka oshirish - повышение квалификации Biliboling! Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra darak, so'roq, buyruq-istak gaplarga bo'linadi. Darak gaplar xabar mazmunini bildiradi va oxiriga nuqta qo'yiladi. Masalan: Bugun maktabimizda til bayrami bo'ladi. So'roq gaplar so'zlovchiga noma'lum narsa, voqea-hodisa haqida so'roqni bildiradi. Bunday gaplar so'roq olmoshlari, mi, -chi, -a(-ya) yuk- lamalari bilan kelib, so'roq belgisi (?) bilan yoziladi. So'roq gaplar, odat- da, javob talab qiladi. Masalan: Bugun yomg'ir yog'adimi? - Yo'q, bugun yomg'ir yog'maydi. Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra turlari darak gaplar so'roq gaplar buyruq-istak gaplar Biliboling! Nutqimizda javob talab qilmaydigan so'roq gaplar ham uchraydi. Bunday gaplar ritorik so'roq gaplar deb atalib, ularning oxiriga, odatda, so'roq va undov belgisi (?!) qo'yiladi. Masalan: O'zi tug'ilgan yurtni sevmaslik mumkinmi? 1-mashq. Berilgan sodda gaplarni zarur vositalarni qo'llab, so'roq gaplarga aylantirib yozing. Maksim o'zbek tilida yozilgan kitoblarni ko'p o'qiydi. 2. Uning so'z boyligi ko'p va o'zbek tilida erkin so'zlashadi. 3. Akam ham, men ham a'lo va yaxshi baholarga o'qiyapmiz. 4. Ota-onamiz bizdan xursand. 5. Mening bo'sh vaqtim juda kam. 6. Darsdan keyin to'garaklarga boraman. 7. Singlim onam kabi shifokor bo'lmoqchi. 8. Biologiya, kimyo fanlarini chuqur o'zlashtiryapti. 1-topshiriq. 4 guruhga bo'linib, PMQ (plyus, manfiy, qiziqarli) texnologiyasi asosida 4 ta ta'lim bosqichining oson (+), qiyin (-) va qiziqarli jihatlarini aytib bering. Namuna: Maktabgacha ta'limning ijobiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.64 MB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 87 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.64 MB
Ko'rishlar soni 305 marta
Ko'chirishlar soni 87 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga