Nutq uslublari. So'zlashuv uslubi

Nutq uslublari. So'zlashuv uslubi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Nutq uslublari. So'zlashuv uslubi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda turizm. Nutq uslublari. So'zlashuv uslubi. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: O'zbekistonda turizm 1 Sayyohlik yo'nalishlari 2 Nutq uslublari. So'zlashuv 3 uslubi Topshiriqlar ustida ish 4 O'zbekiston qadimiy tarixiy shaharlari, boy me'moriy obidalari bilan jahonga mashhur. Mashhur Buyuk ipak yo'li ham O'zbekiston hududidan o'tgan. Keyingi yillarda respublikamizga keluvchi soyyohlarning soni borgan sari ko'paymoqda va turizm sohasi rivojlanmoqda. O'zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojl antirish davlat qo'mitasi olib boradi. Qo'mitaning asosiy vazifasi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib, zamonaviy turistik kompaniyalarni barpo etish, yangi sayyohlik yo'nalishlari ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat. Turizm sohasiga munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, sayyohlar va sayyohlik faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risida»gi Qonuni qabul qilingan. Lug'at soha - отрасль yo'nalish - направление kengaytirmoq - расширять munosabat - отношение sarmoya - денежные средства manfaat - польза, благо jihatdan - в этом отношении Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Turizm deganda nimalarni tushunasiz? 2. O'zbekistonda sayyohlikni rivojlantirish uchun nimalar qilish mumkin deb o'ylaysiz? 3. O'zbekistonda sayyohlarni qiziqtiradigan qanday maskanlar bor? Bilib oling! Adabiy tilda 5 xil nutq uslublari bor: so'zlashuv uslubi, badiiy uslub, publitsistik uslub, rasmiy uslub va ilmiy uslub. Har bir nutq uslubining o'ziga xos xususiyatlari va qo'llanish o'rinlari bor. Uyda, ko'chada, insonlarning o'zaro so'zlashuvida qo'llanadigan uslub so'zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me'yorlariga rioya qilinadigan ko'rinishi adabiy so'zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me'yorlarga rioya qilinmaydigan ko'rinishi jonli so'zlashuv uslubi deb ataladi. Jonli so'zlashuv uslubi erkin uslub, unda shevaga hos so'zlar ham qo'llanadi. So'zlashuv uslubidagi nutq ko'pincha dialog shaklida bo'ladi. 1-mashq. Berilgan gaplarni o'qing. So'zlashuv uslubiga xos bo'lgan so'z va iboralarni aniqlang. 1. - Hoy chiptachi, ma, bitta chipta ber! - dedi Qumri xola. 2. Avtobus Oqqo'rg'onga boradimi? - deb so'radi otaxon. 3. - Bizziyam apketing, - dedi qo'l siltab Mehri. 4. Salima: «Yu-u-r!» - deb bolasining qo'lidan ushlab avtobusga chiqardi. 5. Obbo! Hamma ishni do'ndiribsiz-da. 6. Mazza qilib ariqda cho'mildik. 7. Anvar aka hammani to'yga chaqirdi. 8. «Oldingi gaplarni unut», - dedi Dilbar xola. 9. Baland ovozda: «Rahmat, kattakon!» - dedim. 2-mashq. Berilgan gaplarni o'qing. So'zlashuv uslubiga xos bo'lgan so'z va iboralarni aniqlang va yozing. 1. Ana huv-v adirning nariyog'ida Ko'kabuloq qishlog'i bor. 2. Ha, og'zing qulog'ingda, haqqingni oldingmi? 3. U og'zidagi oshini oldirib o'tiradigan anoyilar nusxasidan emas. 4. Maktabimiz o'quvchilari hasharda binoyiday ish- lashdi. 5. Salima kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 6.59 MB
Ko'rishlar soni 335 marta
Ko'chirishlar soni 112 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 6.59 MB
Ko'rishlar soni 335 marta
Ko'chirishlar soni 112 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga