Jahon adabiyoti namoyandalari. Ko'chma ma'noli so'zlar. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Odil Yoqubov hayoti va ijodi 1 Muzqaymoq hikoyasi 2 Ishonchnoma 3 Tilxat 4 Vilyam Shekspir Ingliz dramaturgi va shoiri Vilyam Shekspir o'z faoliyatini 1580-yildan teatr aktyori va dramaturgi sifatida boshlagan. Shoirning 1603-yildan keyingi aktyorlik faoliyati to'g'risida biror ma'lumot yo'q. Ammo u o'zining «Lord Kamerger xizmatkorlari» truppasi uchun pyesalar yozishda davom etgan. Bu truppa Yakov I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan. Shekspir taxminan 1612-yilda Stratfordga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Uning aktyorlik faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Uyg'onish davri madaniyati bilan uzviy maydonga kirib kelgan juda ko'p asarlar yaratgan. Shekspir yaratgan asarlar jahon lirikasining buyuk namunalari qatoridan o'rin olgan. Ijodkorning shoh asarlari «Romeo va Julyetta», «yo'liy Sezar», «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir» tragediyalaridir. Matn yuzasidan savollar: Shekspirning aktyorlik faoliyati qancha davom etgan? Shekspirning qanday asarlari bor? Shekspir yana qanday kasbda ijod qilgan? Vilyam Shekspir asarlari Bilib oling! Ayrim so'zlarning o'z ma'nosi va ko'chma ma'nosi bo'ladi. So'zning boshqa so'zlar yordamida aniqlanadigan, izohlanadigan ma'nosi ko'chma ma'no deyiladi. So'zlarning o'z ma'nosida So'zlarning ko'chma ma'noda qo'llanishi qo'llanishi Ko'z - ko'rish a'zosi uzukning ko'zi Bosh - odamning tana a'zosi ko'chaning boshi 1-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning o'z yoki ko'chma ma'noda kelganligini aniqlab yozing. Namuna: qanot - qushning qanoti (o'z ma'nosi); qanot - samolyotning qanoti (ko'chma ma'no). 1. Farida opa xontaxtaga yangi dasturxon yozdi. 2. Qani, mehmonlar, dasturxonga qaranglar. 3. Uning qora ko'zlari g'azabdan chaqnar edi. 4. Buloqning ko'zi yopilib qolibdi. 5. Men ellik birga chiqib, Beshyog'ochga bordim. 6. Qirq oltiga beshni qo'shsa, ellik bir bo'ladi. 7. Uyimizning shundoq ostonasi yonidan ariq oqib o'tar edi. 8. Gap shundaki, o'lim ostonasida vijdoni sergaklashadi. 9. Uch yoshga kirganda bulutga sakraydigan, tuyog'idan o't chaqnaydigan ot bo'ldi. 10. Jamoamiz fermada yildan yilga tuyoqlar sonini ko'paytirishga intilmoqda. ll.Tolibjonning ko'nglida uxlagan xotiralar uyg'onib ketdi. 12. Sobir kech uxlagan bo'lsa ham, sahar payti uyg'onib ketdi. 2-mashq. Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlarni ikki guruhga ajratib yozing. Qush, sen, kir, tish, chumchuq, ko'z, bugun, bel, kub, yer, morfologiya, qalam, olmos, qalin, tog', tumshuq, 3-mashq. Ko'chma men, yaproq, issiq, ona, o't, yo'l, tush, kechagi. ma'noda qo'llangan so'z birikmalari yordamida gaplar tuzing. 1. Stolning oyog'i. 2. Ariqning labi. 3. Ko'chaning boshi. 4. Kemaning tumshug'i. 5. Sovuq xabar. 6. Shirin so'z. 7. Achchiq haqiqat. 8. Qarzni uzmoq. Mark Tven Asl ism-sharifi Semuel Lengxorn Klemens bo'lgan amerikalik yozuvchi, jahon adabiyotining yirik ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
339 marta
Ko'chirishlar soni
111 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
339 marta
Ko'chirishlar soni
111 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx