Sodda yig'iq va sodda yoyiq gaplar

Sodda yig'iq va sodda yoyiq gaplar

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Sodda yig'iq va sodda yoyiq gaplar - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON OLIMLARI. SODDAYIG'IQ VA SODDA YOYIQ GAPLAR. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Mamarajabova Iroda Fayzullayevna Reja: 1. O'zbekiston olimlari 2. Sodda yoyiq gaplar 3. Sodda yig'iq gaplar O'zbekiston - ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan biri. Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston hududida, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to'qimachilik, me'morchilik, ma'dan shunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. O'zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosini o'rgandilar va boyitdilar. O'zbekistonda hozir ham yuqorida sanab o'tilgan sohalar rivojlantirilmoqda, ularning qatoriga yangilari qo'shilmoqda. O'zbekiston olimlari o'z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm fani va madaniyatiga munosib hissa qo'shdilar. O'zbekistonda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Nukus va Samarqandda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bo'limlari, Buxoroda ilmiy markazi, Urganchda Xorazm Ma'mun akademiyasi ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko'rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oily o'quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy xodimlar Fanlar akademiyasi tizimida, shuningdek, oily o'quv yurtlari, xalq ta'limi tizimida tayyorlanadi. Hozirgi davrda fan O'zbekistonda jamiyat taraqqiyotini olg'a siljituvchi kuch va vosita bo'lib xizmat qilmoqda. Xalq va millat dunyoqarashini shakillantirish, ta'lim-tarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashda alohida o'rin tutmoqda. Lug'at taraqqiy etgan - qadimdan - издавна, с древних прогрессирующий времён rivojlanmoq -развиваться ilmiy tadqiqot - научное исследование yaratmoq - создавать ilmiy markazlar - научные центры amaliy tadqiqot - практические ilmiy kadrlar - научные кадры исследования kashfiyot -открытия; barkamol - совершенный изобретения Bilib oling! Gaplar tuzilishi jihatdan ikki xil bo'ladi va ular o'zaro grammatik asoslar miqdoriga ko'ra farqlanadi: 1. Sodda gaplarda bitta ega va kesim munosabati, ya'ni bitta grammatik asos mavjud bo'ladi: Dars boshlandi. Yomg'ir yog'madi. Bahor keldi. Ba'zan sodda gap egasiz, faqat bitta kesimdan iborat bo'lib, boshqa bo'laklar shu kesim atrofiga birlashadi: Bugun Buxorodan ukam bilan uchib keldim. 2. Qo'shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati, ya'ni grammatik asos mavjud bo'ladi: Qo'ng'iroq chalindi va dars boshlandi. Qiyoslang: Bugun havo issiq (sodda gap). Quyosh chiqdi, kunlar isidi (qo'shma gap). Xalq va millat dunyoqarashini shakillantirish, ta'lim-tarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashda alohida o'rin tutmoqda. Fundamental va amaliy tadqiqotlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish - hozirgi davr fani uchun muhim vazifalardan biridir. 1-mashq. Gaplarni o'qing. sodda va qo'shma gaplarni aniqlang. 1. Maftuna kutubxonaga bordi. 2. Bilimli o'zar - bilimsiz to'zar. 3. Kecha maktabimizda olimlar bilan uchrashuv bo'ldi. 4. Dunyo ko'rgan odam bilan hamsuhbat bo'lsang, bahri diling ochiladi. 5. Xurshid kitob sotib oldi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 10.58 MB
Ko'rishlar soni 526 marta
Ko'chirishlar soni 103 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 10.58 MB
Ko'rishlar soni 526 marta
Ko'chirishlar soni 103 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga