Vatanga sadoqat. Ma'nodosh so'zlarning qo'llanilishi. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Vatanparvarlik 1 Vatan kelajagi yoshlar qo'lida 2 Ma'nodosh so'zlar 3 Topshiriqlar ustida ish 4 Vatanparvarlik Vatanni sevish vatanparvar bo'lish demakdir. Vatan muqaddasdir.Uni asrashimiz kerak. Vatanparvarlik ona zaminga bo'lgan muhabbat bilan o'lchanadi. Uning ravnaqiga har bir fuqaro o'z hissasini qo'shishga intiladi. Xalqiga sodiq kishi vatanparvardir.U har qanday vaziyatda ham xalqiga, Vataniga xiyonat qilmaydi, Vatanini sotmaydi. Vatanparvarlik - jonkuyarlikdir. Chunki vatanparvar kishi o'z hayotini yurtining tarixi, ilm va madaniyati, milliy qadriyatlarini bilish hamda e'zozlashga bag'ishlaydi. Vatan kelajagi yoshlar qo'lida. Ular ajdodlari tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni asrab-avaylaydilar. Vatan taraqqiyoti, millat obro'siga hissa qo'shgan, xalqiga foyda keltirgan, fidoyilik, halollik bilan mehnat qilgan inson vatanparvar hisoblanadi. Shunday ekan, har bir kishining qalbida o'z Vataniga buyuk e'tiqod, muhabbat his-tuyg'ulari barq urib tursa, bu ajoyib ne'matlarni umrbod ardoqlasa, shundagina u haqiqiy vatanparvar bo'la oladi. Vatan himoyasi Vatan himoyasi hamma zamonlarda ham eng sharafli va oliyjanob ish, ona diyorga bo'lgan mehr-muhabbatni namoyon etishning oliy namunasi bo'lib kelgan. Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Biz uni sevamiz, ardoqlaymiz. Uning qudrati, shon-shuhrati, erk- u farovonligi yo'lida fidoyilik bilan xizmat qilamiz. Yurt himoyasi yo'lida qahramonlik ko'rsatgan buyuk bobolarimizning jasorati bizlar uchun ibrat bo'lib xizmat qiladi. Vatanga bo'lgan mehr va sadoqatimizni yanada oshiradi. Xorazmlik ulug' alloma Najmiddin Kubro falsafiy she'rlari, ilmiy risolalari bilangina emas, Vatan himoyasi yo'lidagi qahramonligi bilan ham xalqimiz xotirasida yashab kelmoqda. Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ul qo'shinlari yurtimizga bostirib kelgan paytda dushmanlar ul zotning obro'- e'tiborini hisobga olib ozodlik bermoqchi bo'ladilar. Ammo donishmand dushmanning bu iltifotini qabul qilmaydi. U kishi mard o'g'lonlar bilan birga jangga kiradi va qahramonlarcha halok bo'ladi. Rivoyat qilishlaricha, avliyo bobomiz dushman bayrog'ini tortib olib, shu qadar mahkam ushlagan ekanki, o'n kishi bo'lib ham uni bobomiz qo'lidan ajratib ololmagan ekanlar. Lug'at jonkuyar - преданный всей душой moddiy - материальный fidoyi - самоотверженный ma'naviy - духовный e'tibor - внимание taraqqiyot - развитие Matn yuzasidan savol va topshiriqlar: Vatanga sadoqat deganda nimani tushunasiz? Najmiddin Kubroga tavsif bering. Xorazmga kim bostirib keldi? Chingizxon kimga iltifot ko'rsatdi? Bilib oling! Tildagi ayrim so'zlar shakliy jihatdan, ayrimlari ma'no jihatdan, bir xillari talaffuzi jihatidan o'xshash bo'ladi. Ayrim so'zlarning ma'nolari esa bir-biriga qarama-qarshi bo'ladi. Ma'nodosh so'zlar «bir nomli» de- gan ma'noni bildirib, shakli har xil bo'lsa ham, ma'nolari bir-biriga yaqin bo'lgan so'zlardir. Masalan: ovqat, osh, taom; ishchan, harakatchan, tirishqoq. 1-mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib yozing va ma'nodoshlarini toping. 1. Avtobusga chiqqan kishiga ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.4 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:18
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.4 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:18 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx