Badiiy uslub - rasmi

Material tavsifi

Badiiy uslub Agar XX asr o'zbek adabiyotining taniqli namoyandalari ijodiga nazar tashlasak, bir davrda yashaganlariga qaramay, Abdulla Qodiriyning asarlari na S. Ayniyning, na Cho'lponning asarlariga o'xshaydi. Keyingi avlodning vakillari Oybek bilan Abdulla Qahhor asarlari ham bir-biridan yer bilan osmoncha farq qiladi. Bu farq, birinchi navbatda, bu yozuvchilarning badiiy uslubi tufaylidir. Bir kishining ovozi boshqa bir kishining ovoziga yoki bir kishining qiyofasi -yuz-ko'zlari, og'iz-burunlari boshqa bir kishining qiyofasiga o'xshamaganidek, yozuvchilarning uslublari ham turlicha bo'ladi. Badiiy uslub tilga asoslanadi, til uslubni tashkil etuvchi eng muhim omildir. Asarda voqea yoki manzara, yoxud portret tasviri, qahramonlarning ichki monologlari va dialoglari, eng avvalo, til orqali ro'yobga chiqadi. Agar yozuvchidagi adabiyotga havas va adabiy ko'nikmalar xalq og'zaki ijodi asosida shakllangan bo'lsa, uning tili va uslubida xalq ijodiga yaqinlik sezilib turadi. Agar u mumtoz adabiyot asarlaridan ko'proq oziqlangan bo'lsa, uning tili va uslubida fors va arab tillariga xos so'zlar, murakkab va balandparvoz jumlalar ziyodalik qiladi. Yoki yozuvchi kamgap, kamsuxan bo'lsa, uning tasvirida ham siqiqlik, lo'ndalik, shartakilik bo'ladiki, bu xususiyatlar uning uslubini belgilab keladi. Binobarin, badiiy uslub yozuvchining xarakteri, dunyoqarashi, muhiti, bilimi va hayotiy tajribasini o'zida aks ettiradi. Modomiki, badiiy uslub masalasi Oybek ijodi munosabati bilan yoritilayotgan ekan, adib tabiatidagi go'zallik va ezgulik, xalq baxt-saodati yo'lida yashagan ajdodlarga hurmat tuyg'ulari va shunday kishilarga ruhan yaqin bo'lish istagi uning uslubida ham o'z aksini topganki, buni sezmaslik aslo mumkin emas. Oybekning boy bilim egasi bo'lganligi ham uning uslubini belgilagan omillardan. Qolaversa, adibning aksar hayoti, G'afur G'ulomdek do'st-yorlar davrasida emas, balki ko'proq kitoblar olamida o'tgani ham uning uslubiga o'z muhrini bosgan. Shunday qilib, badiiy uslub yozuvchi yashagan tarixiy-madaniy muhit ta'sirida shakllanib, uning ruhiy olami va insoniy tabiatini o'zida aks ettiradi. ...

Buyuk ipak yo'li. Badiiy uslub. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Buyuk ipak yo'li 1 Buyuk ipak yo'lining 2 ahamiyati Nutq uslublari. Badiiy uslub 3 Topshiriqlar ustida ish 4 Bizning ko'chamiz Buyuk ipak yo'li deb nomlangan. Bu nimani anglatadi? Vatanimiz xalqlari tarixida Buyuk ipak yo'li katta ahamiyatga ega bo'lgan. Bronza davrida ham hududlarni bog'lovchi yo'llar bo'lgan. Miloddan avvalgi V asrlarda, Eron ahamoniylar saltanati davrida uning hududini bog'lab turuvchi «shoh» yo'li bo'lgan. IX-X asrlarda karvon savdosi Janubi- Sharqiy Yevropani Markaziy Osiyo, Eron va Kavkaz orqali Mo'g'uliston va Xitoy bilan bog'lagan. Rus savdogarlari Markaziy Osiyoning kumush pullarini yaxshi ko'rishgan. Shosh viloyati o'rta asrlarda chekka o'lkalarga charmdan ishlangan buyumlar, ot terisidan ishlangan egarlar, qog'oz va g'alla chiqargan. Shu viloyatga qarashli Iloq konlaridagi kumushning dovrug'i butun Yevropaga mashhur edi. Buyuk ipak yo'li o'rta asrlarda Sharqdan G'arbgacha ulkan savdo yo'li bo'lgan. Buyuk ipak yo'li qadimda va o'rta asrda Sharq va G'arb mamlakatlarini ilk bor o'zaro bog'lagan qit'alararo karvon yo'lidir. Mamlakatlar o'rtasida qimmatbaho mahsulotlar, savdo-sotiq ishlari, xitoy ipagi Buyuk ipak yo'li orqali olib borilgan. Markaziy Osiyo va Yevropada o'zbek, qozoq, tojik, qirg'iz, turkman savdogarlarini millatidan qat'i nazar bir nomda «Musulmon savdogarlari» deb atashgan. Xitoyda musulmon savdogarlari molni molga ayirboshlashsa, Yevropada ularning kumush tangasi pul bo'lib ham, tovar bo'lib ham xizmat qilgan. X asrda savdo-sotiqda cheklar qo'llanilgan. Pul muayyan shaharda savdogarlarning ishonchli kishisi - sarrofga berilib, undan tegishli hujjat - chek olingan. «Qutadg'u bilig» asari muallifi Yusuf Xos Hojib Bolasog'uniy savdogarlarning jamiyatdagi o'rnini ta'riflab: «Agar karvonlar savdo qilmay qo'ysalar, sen o'n minglarcha qimmatbaho narsalarni qayerdan olasan? Savdo ahllari bilan chiqish, ularga o'z eshigingni ochib qo'y», - degan edi. Bilib oling. Voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiradigan, badiiylikka, ifodalilikka, ta'sirchanlikka boy bo'lgan uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy uslubda yoziladigan asarlar quyidagi turlarga bo'linadi: nasr - proza janrida yoziladigan, nazm - she'riy va dramatik asarlar. Bunday asarlarda uslubiy bo'yoqdor va ko'chma ma'noli so'zlar ko'p qo'llanadi. Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi. Chunki bu uslubda so'zlashuv va kitobiy uslublarga xos o'rinlar ham uchraydi. Badiiy asar kishiga ma'lumot berish bilan birga timsollar vositasida estetik ta'sir ham ko'rsatadi. Masalan: Kumush qish o'z o'rnini fasllar kelinchagi bahorga bo'- shatib berdi. 1-mashq. Gaplarni o'qing va yozing. Gaplarning qaysi uslubda yozilganligini aniqlang. 1. Zamaxshariyning o'lmas asarlari unga shuhrat keltirdi. 2. Bahor keldi, daraxtlar bezandi. 3. Osmonda rang-barang kamalakning yoyi ko'rindi. 4. O'rmonlarni yashil boylik deb atash mumkin. 5. Atirgulni gullar malikasi deyishadi. 6. Butun tabiat porlab turgan quyoshga kulib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.98 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.98 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga