XALQ OG'ZAKI IJODI. SHIROQ AFSONASI. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Mamarajabova Iroda Fayzullayevna REJA: 1)Shiroq vatanparvar shaxs 2)Shiroq iwlatgan hiylasi 3)Xulosa Qadim zamonlarda Eron shohi Doro Turon hududlariga hujum qilibdi. Bu yerda massaget, sak va so'g'd qabilalari yashar edi. Qabila boshliqlari dushmanni engish to'g'risida maslahatga to'planishibdi. Shunda ularning huzuriga oddiy cho'pon shiroq kelibdi va maqsadini aytibdi. u eron shohining lashkarlari ko'pligi, ularni jangda yengib bo'lmasligini, ulardan faqat hiyla bilan qutulish mumkin debdi. Shiroq xanjari bilan o'z quloqlarini, burnini kesibdi va dushman tomonga yo'l olibdi. - Shohim, men qulingiz Shiroq bo'laman. Qabila yig'ilishida sizga taslim bo'lishni aytgan edim, quloq-burnimni kesib, shu ahvolga solishdi. Ulardan o'chimni olmoqchiman. Ularni qayerdaligini bilasanmi? - Ha, albatta. - Bizni o'sha yerga boshlab bora olasanmi? - Jonim bilan. Sizlarni faqat podachilar biladigan so'qmoqlar bilan olib boraman. Yetti kunlik oziq-ovqat, suv g'amlang. Doro Shiroqning so'zlariga ishonibdi va uni o'z qo'shiniga yo'lboshlovchi qilib tayinlabdi. Cho'pon yigit ularni sahroga boshlab boribdi. Eron lashkarlari yo'lboshlovchining maslahati bilan yetti kunga g'amlagan suv, oziq-ovqat, yemxashaklari tugabdi. Sakkizinchi kun ochlik, to'qqizinchi kuni tashnalik boshlanibdi. Shunda Doro aldanganini tushunibdi. Bizni qayerga olib kelding? Qani saklar? - so'rabdi u Shiroqdan. - Men yengdim. Doroning qo'shinini bir o'zim yengdim! - deb javob beradi cho'pon. - Sizlarni aldab sahroning qoq o'rtasiga olib keldim. Shiroq qo'li bilan kun chiqish va kun botish tomonini ko'rsatib yana shunday debdi: - Bu yog'i ham yetti kunlik yo'l, u yog'i ham. Istagan tomonga boravering! Baribir barchangiz halok bo'lasiz. Ilojsiz qolgan dushman: - Agar sen sahro quduqlari va chashmalarni bizga ko'rsatsang gunohingdan kechib, So'g'diyonada istagan qishloqlaringdan birini senga in'om qilar edik, - debdi. O'z elimning dushmanlariga yordam uchun cho'zadigan qo'limni kesib tashlaganim ma'qul, - deb javob beradi Shiroq. Halokat yoqasida qolgan eroniylar chiday olmay, fidoyi cho'ponni azoblab o'ldirdilar va o'zlari ham suvsizlikdan halok bo'ldilar. Oddiy cho'pon Shiroqning o'z elini qullikdan qutqarib qolish uchun o'z jonidan kechgani, ming turli azob-uqubatni bo'yniga olgani yuksak vatanparvarlik timsoli edi. LUG'AT kulfat - несчастье, горе qo'shin tortib kelish - наступать с войском qabila - племя maslahat - совет halol (odam) - честный maqsad - цель o'tov - юрта yo'lboshlovchi - путеводитель sodiq - преданный ochlik - голод tashnalik - жажда suvsizlik - безводье hiyla - хитрость qilich - сабля lashkar - войскo xanjar - кинжал sarkarda - полководец taslim bo'lmoq - сдаваться jarohat - рана saqlab qolmoq - спасти azob-uqubat - мучение, мука halok bo'lmoq - погибнуть Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 1. Sak qabilasining boshiga qanday ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
15.99 MB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
15.99 MB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx