Jahon xalqlari adabiyoti. Rasul Hamzatov hayoti va ijodi. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Rasul Hamzatov hayot yo'li 1 Rasul Hamzatov ijodi 2 Ona she'ri 3 Rasul Hamzatov haqida rasmlar 4 Rasul Hamzatov (1923-2003) She'riyat, mazlumga homiylik qilding, Qaroli bo'lmading zo'ravonlarning. Olding panohingga notavonlarni, Zolimlarni esa dushman deb bilding.a Dog'istondagi kichkinagina avar elining farzandi, XX asr jahon she'riyatining yirik vakili Rasul Hamzatov 1923-yilda tug'ilgan. 13-14 yoshlaridan boshlab she'rlar yoza boshlagan. 16 yoshida shoir sifatida tanilgan. Otasi - Dog'istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa unga ijod ishida hamisha haqiqatni kuylashga o'rgatdi. 18 yoshidan boshlab Rasul o'qituvchi, artistva muxbir sifatida mehnat qildi. Shoirning birinchi kitobi 1943-yili chop etilgan. 1945-yilda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida tahsil olishga kirishadi. «Tog' qo'shig'i», «Mening qalbim tog'lari», «Tog' qizi», «Dog'istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug'ilgan kunim», «Tog'likning vatani», «Ovuldan xat» singari she'riy kitoblar, «Ona tilim», «Shu ham erkakmi?», «Do'stlik haqida qissa» kabi she'rlari adibni butub dunyoga tanitdi. Ona Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da, O'lib qolganmishman tushda nogahon. Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tig'ida, Tog'lar orasida yotibman bejon. Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda, Borliqda bir ajib dilbarlik hokim. Men esam o'ylayman yotib tuproqda: Mana shu tuproqqa qo'shilar xokim. Men o'lib yotibman, kimsasiz, unut, Hech kimsa qayg'urmas va chekmas yohu. Faqat cho'qqilarda qurqurar burgut, Faqat vodiylarda ingraydi ohu. Navqiron yoshimda bo'ldim-ku ado, Otash yuragimni o'ydi axir o'q. Na onam, na yorim bermaydi sado, Do'st tugul, hattoki yig'ichi ham yo'q. Fig'on otiladi jonsiz bag'rimdan, (Go'yo fig'on bordek murda dilida.) Shu payt ikki kishi o'tdi naridan, Quvnoq suhbat qurib avar tilida. Men-ku bu dunyodan ko'z yumdim mangu, Ular kulib-kulib so'zlashar borin; Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu Qandaydir Alining sho'x kirdikorin. Avar so'zin tinglab kirdi menga jon, Ohista tirildim va shunda bildim: Meni tuzatolmas hech dori-darmon, Jonimga masihdir shu ona tilim. Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa, Mening o'z tilimga ming jonim fido. Erta ona tilim agar yo'qolsa, Men bugun o'lishga bo'lurman rizo. Mayli, qashshoq bo'lsin, mayli, behasham, Lekin mening uchun aziz va suyuk. Jahon minbaridan yangramasa ham, Ona tilim menga muqaddas, buyuk. Matn yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. She'rda shoir tabiatni qanday tasvirlaydi? 2. Yarador qahramonni nima tuzatadi? 3. Nima uchun shoir ona tilini muqaddas, buyuk hisoblaydi? Lug'at quyosh tig'i - солнцепёк jonim fido - пожертвовать собой qashshoq - бедный, нищий behasham - без особых украшений minbar - трибуна rizo - согласие Ingliz Fransu z Chet el Ameri adabiyot Rus ka i Nemis Uy vazifasi. Rasul Hamzatov she'rlaridan parcha yod oling. E'tiboringiz ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
5.37 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
5.37 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx