Herman Hessening hayoti va ijodi. Cho'l bo'risi hikoyasi

Herman Hessening hayoti va ijodi. Cho'l bo'risi hikoyasi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Herman Hessening hayoti va ijodi. Cho'l bo'risi hikoyasi - rasmi

Material tavsifi

Herman Hessening hayoti va ijodi. Cho'l bo'risi hikoyasi. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Herman Hesse haqida 1 Romantizm oqimining 2 so'nggi jangchisi Cho'l bo'risi hikoyasi 3 Topshiriqlar ustida ish 4 XX asr nemis adabiyotining ulug' namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Herman Hesse (nem. Hermann Hesse) eng ko'p mutolaa qilinadigan olmon adiblaridan biridir. U 1877-yilning 2- iyo'lida Germaniyaning Baden-Vyurtemberg zaminidagi Kalv shaharchasida dunyoga kelgan. Adibning ko'plab roman, qissa, hikoyalari, she'rlari, siyosiy, adabiy- tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ularorasida, ayniqsa, «Cho'l bo'risi», «Marjonlar o'yini», «G'ildiraklar ostida», «Demian» kabi asarlari alohida dovrug' qozongan. Munaqqidlar tomonidan «Romantizm oqimining so'nggi jangchisi» deb ta'riflangan adib 60-70- yillarda dunyoda eng ko'p o'qilgan nemis yozuvchisi hisoblanadi. Adib 1962-yil 9-avgustda vafot etgan. Cho'l bo'risi hikoyasi Farangiston tog'larida hali hech qachon bunday qahraton qish bo'lmagan va bunchalik uzoq cho'zilmagan edi. Tevarak-atrofda yashovchi jonivorlar uchun ham og'ir davr boshlangan edi. Maydaroqlari to'p-to'p bo'lib muzlab qolar, qushlar ham qahraton qish sovug'iga dosh berolmay halok bo'lib, qirg'iy va bo'rilarga yem bo'lardi. Biroq ayoz va ochlikdan barchaning sillasi qurigan edi. Bo'rilarning ham juda ozginasi omon qolgan, kulfat ularni bir-biriga yanada jipslashtirgandi.Kunduzlari yemish topish ilinjida ular yakka-yakka izg'ir edilar. Shamolda bir nimani sezdimi, o'tkir tumshug'ini cho'zib, tinka- madori qurib, qisqa-qisqa uvlab qo'yadi. Kechalari ular gala-gala bo'lib ovga chiqar, bo'g'iq uvillab, qishloqlar atrofida izg'irdi. U yerlarda mol va parrandalar og'illarga mahkam berkitilgan, derazalarning darchalariga ov miltiqlari suyab qo'yilgandi. Onda- sonda itmi, shunga o'xshash mayda o'ljani hisobga olmaganda ahvol tang, shundog'am gala ichidan ikki bo'ri otib o'ldirilgan edi. Nihoyat, galaning chog'roqqina qismi yo'lga otlanishga ahd qildi. Erta tongda uyalarini tark etib, bir yerga to'plangan bo'rilar sovuq havoni bezovta iskay boshladi. So'ng chamasi baravar qo'zg'aldi. Ortda qolganlar oldindagilar ketidan ancha joygacha ergashib chopib bordi, so'ng ikkilanib to'xtab, ularga majolsiz qarab turgach, sekinin iniga qaytdi. Yo'lda borayotganlar qiyom payti bir-birlaridan ajraldilar. Uchtasi sharq tarafga - Shveysariyaning Yura tog'lari tomon, qolganlari esa janubga qarab ketdi. Uchala bo'ri kelishgan, kuchli, biroq tashnalikdan nihoyatda ozib-to'zib ketgan edi. Oqimtir qorinlari kamardek tortilgan, qovurg'alari ayanchli tarzda turtib chiqqan, halqumlari quruqshab, ko'zlari ma'yus va tushkun boqardi. Uchovlon Yuraga yetib borgandan so'ng ikkinchi kuniyoq bitta qo'y, uchinchi kuni esa it bilan qulunni o'lja oldi, bundan darg'azab bo'lgan qishloq aholisi yirtqichlarni har tomondan ta'qib qila boshladi. Chor atrofdagi qishloqlar va shaharchalarda vahimali gap- so'zlar tarqaldi. Bo'rilarni kim o'ldirsa, unga mukofot e'lon qilingan, bundan dehqonlar jasoratiga jasorat qo'shilgandi. Ular shu zahoti ikki bo'rini tinchitishdi, birining bo'g'ziga ov miltig'idan otilgan o'q tekkan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.99 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.99 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga