Xalqimizning asl farzandlari. Gap va matn. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Xalqimizning yetuk farzandlari 1 Sharof Rashidov faoliyati 2 Matn haqida ma'lumot 3 Matnning tarkibiy qismlari 4 Xalqimizning yetuk farzandi O'zbek xalqidan juda ko'p allomalar, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqqan. Ana shu komil insonlar orasida XX asrda yashab ijod etgan yetuk bir shaxs alohida ajralib turadi. O'zining yorqin fazilatlari, iste'dodi, dunyoqarashi va odil rahbarligi bilan xalqning qalbidan joy olgan inson Sharof Rashidov edi. Jizzax tuprog'ida tug'ilib voyaga yetgan Sharof Rashidov nafaqat taniqli yozuvchi, balki 34 yil davomida respublikaga hormay-tolmay rahbarlik qilgan taniqli davlat arbobi ham edi. U boshchilik qilgan davrda respublikamizda olamshumul bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. O'tgan asrning boshida Toshkentda atigi 30 ming aholi yashagan. Asr oxirlariga kelib, Toshkent 2 million aholi yashaydigan, AQSH poytaxti Vashingtondan to'rt baravar katta shaharga aylandi. 1966-yilgi zilziladan so'ng chet el matbuoti Toshkentni qayta tiklash uchun to'rt yuz yil kerak deb yozgan ekan. Unday bo'lmadi. To'rt yil ichida Toshkent ikki karra katta qilib qaytadan bunyod etildi. Chilonzor, Yunusobod, Qoraqamish, Talabalar shaharchasi kabi tuman va dahalar paydo bo'ldi. Markaziy Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni ishga tushirildi. Markaziy Osiyoda eng baland Toshkent teleminorasi qurildi, muzeylar ochildi, osmono'par binolar qad ko'tardi. Markaziy maydondagi ulkan favvoralar, istirohat bog'lari, stadionlar Toshkentning ramzi bo'lib qoldi. Bu ulkan ishlarning boshida Sharof Rashidov bosh-qosh bo'lgan. Lug'at bunyodkorlik - созидательная hormay-tolmay - неустанно деятельность olamshumul - всемирный osmono'par binolar - высотные qad ko'tarmoq - выситься здания istirohat bog'i - парк 1-topshiriq. Berilgan savollarga javob bergan holda, o'zaro suhbatlashing. 1. XX asrdagi Toshkent bilan XXI asrdagi Toshkent o'rtasidagi farqlarni aytib bering. 2. Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari haqida so'zlab bering. 3. Respublika miqyosida qanday o'zgarishlar yuz bermoqda? 4. O'zingiz yashaydigan viloyat, tuman, shahardagi o'zgarishlar qaysi yo'nalishda ketyapti? Biliboling! Insonlar gap vositasida o'zaro fikr almashadilar. Nutq jarayonida gaplar, odatda, alohida-alohida emas, balki o'zaro bog'liq holda bayon etiladi. Bir-biri bilan mantiqan uzviy bog'langan gaplar matn deb ataladi. Misollarni qiyoslang: Alohida gaplar 1. Kitob - insonning do'sti. 2. Maktabimiz kutubxonasi birinchi qavatda joylashgan. Matn Kitob barcha bilimlarning kaliti. Ko'p kitob o'qigan odam bilimli bo'ladi. Kitob insonni ko'klarga ko'taradi. Bilimni yoshlikda egallash kerak. Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir. 2-mashq. Berilgan tayanch so'z va so'z birikmalaridan bog'lanishlimatnhosilqiling. O'zbekiston Respublikasi, mustaqillik, respublikamiz poytaxti, shahar va qishloqlar, yuz bergan o'zgarishlar, bunyodkorlik ishlari, ta'lim sohasidagi islohotlar, davlatimiz rahbari, kelajakka intilish, amalga oshirmoq, yurtimiz ravnaqi, xizmat qilmoq, bilim olmoq, kasb egallamoq. 3-mashq.Birinchiqismdaberilgangaplarnivaikkinchiqismdagibog'lanishlimatnni o'qingvafarqlitomonlarinio'zaroqiyoslang. 1. ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.43 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.43 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx