Shakldosh va zid ma'noli so'zlarning qo'llanilishi

Shakldosh va zid ma'noli so'zlarning qo'llanilishi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Shakldosh va zid ma'noli so'zlarning qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimi. Shakldosh va zid ma'noli so'zlarning qo'llanilishi. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: O'zbekistonda sog'liqni saqlash 1 Shakldosh so'zlarning qo'llanilishi. 2 Zid ma'noli so'zlarning qo'llanilishi. 3 Salomatlik - tuman boylik 4 O'zbekistonda sog'liqni saqlash O'zbekistonda sog'liqni saqlash ishlarini O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi boshqaradi. Qoraqalpog'iston Respublikasida Sog'liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, shahar hamda tumanlarda tegishli boshqarma yoki bo'limlar mavjud. Respublikada sog'liqni saqlashni rivojlantirishga O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi, shuningdek, «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg'armasi, «Qizil Yarim oy» jamiyati, «Nuroniy» jamg'armalari o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Mamlakatda sog'liqni saqlash sohasida islohotlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Butun e'tibor onalar va bolalar sog'lig'ini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga qaratilgan. Shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishga, uyga shifokor chaqirish bilan malakali tibbiy yordam ko'rsatish o'rtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga erishildi. Lug'at islohot - реформа takomillashtirmoq - boshqarma - управление совершенствовать bo'lim - отдел bosqichma-bosqich - поэтапно Matn yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. O'zbekistonda sog'liqni saqlash ishlarini qaysi tashkilot boshqaradi? 2. Sog'liqni saqlash tizimida qanday yangiliklar bo'lmoqda? 3. Qanday xayriya jamg'armalarini bilasiz? Bilib oling Talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo atash ma'nosi har xil bo'lgan so'zlar shakldosh so'zlardir. Masalan: tut (daraxt) - tut (harakat), yosh (ko'z yoshi) - yosh (umr o'lchovi). 1-mashq. Berilgan so'zlarning ma'nodoshlarini toping. So'z birikmalari va gaplar tuzing. Yumshoq, yengil, o't, lab, ko'ch, mushak, osh, qirq. 2-mashq. Berilgan gaplarni o'qing. Ot so'zining turli ma'nolarda ish- latilishini izohlang. 1. Koptokni uzoqqa ot, - dedi Tohir. 2. Qo'lingdan kelganicha chiqar yaxshi ot. 3. Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot. 4. Yolg'iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong'i chiqmas. 3-mashq. Ikki ustunda berilgan gaplarni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning ma'nosini izohlab, solishtiring. Men tushimda buvimni ko'rdim. Jamila, zinadan pastga tush. Aziz yengil nafas oldi. Uning sumkasi yengillashdi. Masalaning shartini tuz. Sho'rvaning tuzi baland ekan. Onam unni elakda eladi. Laylo un chiqarmasdan yig'lardi. Abrorga otasi ot olib berdi. Notanish kishi boladan oting nima deb so'radi. Omborxonaga o't ketdi. Akmal qo'ylarga o't berdi. Bu yil tut serhosil bo'ldi. Sardor, qaddingni tik tut. 4-mashq. Gaplarni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning ma'nolarini solishtiring. 1. Bog'bon dam olish uchun supaga o'tirdi. 2. Bobom velosipedning g'ildiraklariga dam soldi. 3. Qizcha sochini chiroyli qilib o'rdi. 4. Doniyor tovuqlarga don sochdi. 5. Bugun biz fe'l so'z turkumini o'tdik. 6. Komilaga kundan kun fe'ling o'zgarib boryapti, dedi o'qituvchi. 7. Salima xola ro'zg'or ishlari bilan bo'lib kech tushganini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.91 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.91 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga