Publitsistik uslub - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyati. Publitsistik uslub. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Tadbirkorlikning tarixi 1 Tadbirkorlikning 4 xil ko'rinishi 2 Publitsistik uslub 3 Yoshlar kelajak bunyodkorlari 4 Tadbirkorlik kapital sarflab tovar va xizmatlar yaratish bilan foyda topishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. U biznesning asosiy turi hisoblanadi. Tadbirkorlik mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko'rsatishdir. Tadbirkorlikning tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Tadbirkorlik biznes sifatida, asosan, sanoat, agrar va servis sohalarda kechadi. Tadbirkorlik mulkiy jihatdan 4 xil ko'rinishga ega: davlat tadbirkorligi, xususiy tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, aralash tadbirkorlik. Ish ko'lami jihatidan kichik, o'rta va yirik tadbirkorlikka bo'linadi. Ular bir-biridan kapital miqdori, ishlovchilarning soni, yaratilgan mahsulot, xizmatlarning bozor qiymati va olingan foyda miqdoriga qarab farqlanadi. Tadbirkorlik g'oyat murakkab faoliyat bo'lganidan, iste'dod, tayyorgarlik va tajribani talab qiladi. Bilib oling! Tashviqot-targ'ibot ishlarini olib borishda qo'llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi publitsistik uslub deyiladi. Ushbu uslubning asosiy xususiyatlari ijtimoiy hayotimizdagi eng dolzarb masalalarni barchaga tushunarli, ta'sirchan shaklda, adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda ifodalashdir. 1-mashq. Publitsistik uslubda berilgan gaplarni davom ettirib daftarga yozing. 1. Bu yil mirishkor dehqonlar uchun omadli bo'ldi … 2. Dehqon xohlasa, ichki va tashqi savdoni … 3. Birgina Surxondaryo viloyatining o'zida tonna qishloq xo'jaligi mahsulotlari … 4. Meva va sabzavot mahsulotlarini eksport … 2-mashq. Berilgan publitsistik uslubda yozilgan gaplarni o'qing va nuqtalar o'rnini mazmuniga mos so'zlar bilan to'ldiring. Mutaxassislarning fikricha, dehqonchilikda har bir hududning , kelib chiqqan holda muayyan natijalarga erishish mumkin. Jumladan , Boysun va Baxmalning … , Yashnabod hamda Sherobod dovrug'i dong taratishi ana shunday o'ziga xos omillar bilan bog'liq. Samarqand boshqa hududda aynan tayyorlash imkonsiz bo'lgani singari yuqorida nomi keltirilgan mevalar ham joy tanlashi bilan farqlanadi. Sherobod anorlari hududning , anor yetishtirish uchun juda mos. Anorlar dastlab yetishtirilgani, so'ngra hamda boshqa o'lkalarda ham ommalashtirilgani haqida ma'lumotlar bor. Foydalanish uchun so'z va so'z birikmalari: geografik joylashuvi, iqlim sharoitidan; Oltinsoy uzumlari; Eronda; qirmizi olmalari; nonini; anorlari; tuproq unumdorligi, quruq havosi; Misr. Yoshlar kelajak bunyodkorlari Ertangi kunimizning yanada yorug' va farovon bo'lishi bugungi islohotlar bilan chambarchas bog'liq. Mamlakatimizda navqiron avlod vakillarining orzu- intilishlari, ezgu g'oya hamda maqsadlari har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotganining boisi shunda. Yigit-qizlarimiz uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar davlat siyosatining qamrovi naqadar kengligidan dalolat beradi. Albatta, doimiy daromad fayz-u baraka manbayidir. Kelajak vorislarini rag'batlantirishning eng ma'qul yo'li ham ularga munosib ish o'rinlarini yaratishdir. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun biznes-rejani puxta tuzishda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 4.49 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 4.49 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga