MEN YOQTIRGAN GAZETA (Bog'langan qo'shma gaplar. Biriktiruv, zidlov va ayiruv munosabatli bog'langan qo'shma gaplar) FAN- O'ZBEK TILI O'QITUVCHI- MAMARAJABOVA IRODA FAYZULLAYEVNA REJA: 1. Bog'langan qo'shma gaplar. 2. Sevimli gazetam. 3. Gazeta haqida dialog. Bilib oling! O'zaro teng bog'lovchilar yordamida bog'langan sodda gaplar bog'langan qo'shma gaplar deyiladi. Ular biriktiruv, zidlov, ayiruv bog'lovchilari yordamida bog'lanadi. Biriktiruv bog'lovchili qo'shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar va, hamda bog'lovchilari, -u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog'lanadi. Bunday qo'shma gaplar bir paytda yoki ketma-ket ro'y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi. Masalan: Bahor keldi va gullar ochildi. Zidlov bog'lovchili qo'shma gaplar bir-biriga zid voqea- hodisalarni ifodalaydi hamda, ammo, lekin, biroq bog'lovchilari bilan bog'lanadi. Yozuvda bunday bog'lovchilar oldidan vergul qo'yiladi. Masalan: Quyosh chiqdi, biroq kun hali sovuq edi. 1-topshiriq. Berilgan so'z va so'z birikmalaridan foydalanib Respublikamizda nashr etiladigan gazetalar haqida suhbatlashing. Foydalanish uchun so'z va so'z birikmalari: ommaviy axborot vositalari, matbuot, gazeta, jurnal, maqola, muhbir, xabarlar, internet. 2-topshiriq. Suhbat matnini o'qing va davom ettiring. -Sen bo'sh vaqtingni qanday o'tkazasan? -Mening bo'sh vaqtim juda kam. Biroq undan unumli foydalanishga harakat qilaman. Men matbuotda chiqqan jurnal va gazetalarni o'qishni yaxshi ko'raman. -Qanday gazeta va jurnallarni sevib o'qiysan? -Hozir «Tong yulduzi» gazetasi, «Yosh kuch» jurnallarini o'qimoqdaman. -Qiziqarli bo'lsa kerak, o'qib bo'lgach menga ham berib turasanmi? -Albatta. 1-mashq. Gaplarni o'qing. Biriktiruv va zidlov bog'lovchili qo'shma gaplarni aniqlab, bog'lovchi vositalarini ko'rsating. 1. Bolalar uy-uylariga tarqalishdi va hammayoq tinchib qoldi. 2. Bu yil gilos ko'p hosil berdi, biroq mevalari maydaroq bo'lib qoldi.3. Hammasini tinglardim, ammo o'xshashini topmasdim aslo. 4. Kitoblarni birma-bir varaqlab chiqdi-yu, yana javonga terib qo'ydi. 5. Bir gapni sizga aytmoqchiman, lekin hafa bo'lmaysiz. 6. Avtobus bekatda yo'lovchilarni tushirdi-da, orqasiga qaytib ketdi. 7. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. 2-mashq. Nuqtalar o'rniga mos bog'lovchilar va tinish belgilarni qo'yib yozing. Gaplarning turini ayting. 1. Quyosh chiqdi borliq nurga to'ldi. 2. Hovlida chiroqlar yoqilgan uyda hech kim ko'rinmasdi. 3. Kuchli shamol daraxtlarni qattiq chayqatdi mevalar to'qilib yer bilan bitta bo'ldi. 4. Yurtimizning buguni chiroyli ertasi undan ham go'zal bo'ladi. 5. Quyosh yarq etib bir ko'rindi yana bulut orasiga kirib ketdi. 6. Daryo suvi juda sayoz juda tez oqar edi. 7. Yaxshilik obro' keltiradi yomonlik kulfatga duchor qiladi. Bilasizmi? «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasining birinchi soni 1956-yil 4-yanvar - chorshanba kuni dunyo yuzini ko'rgan. O'zbek madaniyatining darg'alari Qori Niyoziy, Komil Yashin, hind adibi Krishan Chandr oq yo'l tilagan ilk sahifalarda ustoz adiblar - Oybek, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Rahmat Fayziy; ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
7.23 MB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
7.23 MB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx