Sharof Rashidovning hayoti va ijodi

Sharof Rashidovning hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Sharof Rashidovning hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

tarjimaiy hol. Sharof Rashidovning hayoti va ijodi. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: tarjimaiy hol - rasmiy ish qog'ozi 1 Otamning hikoyasi 2 Sharof Rashidovning tarjimai holi 3 Kashmir qo'shig'i dostoni 4 Yodda tuting! Yozuvchilar, mashhur shaxslarning tarjimaiy hollari, odatda, II shaxs nomidan yoziladi. Bunday tarjimaiy hol matnlarining qisqa, kengaytirilgan va ijodiy tarzda yozilgan shakllari bo'ladi. tarjimaiy hol rasmiy ish qog'ozi hisoblanadi. U I shaxsning o'z dastxati bilan ko'rsatilgan namunadagidek yoziladi. Har bir fuqaro o'z tarjimaiy holini bilishi va davlat tilida to'g'ri yoza olishi kerak. 1-mashq. tarjimaiy holning tuzilishiga e'tibor bering va shu asosda o'z tarjimaiy holingizni yozing. Men - (kim?), (qachon?) (qayerda?) tug'ildim. Otam - (kim?) (qayerda?) (kim bo'lib?) ishlaydi. Onam - (kim?) (qayerda?) (kim bo'lib?) ishlaydi. Men (qachon?) (qaysi?) maktabga o'qishga bordim. Maktabni (qachon?) (qanday?) bitirdim. (qachon?) (qaysi?) oliy ta'lim o'quv muassasasiga o'qishga kirdim. Hozir (qaysi?) fakultetda (nechanchi?) bosqichda o'qiyapman. 1-topshiriq. Matnni o'qing. Matndagi qo'shimcha ma'lumotlarni tushirib qoldirib, ixcham shaklga keltiring. Otamning hikoyasi 1943-yilning qish fasli. Otamni raykomga chaqirishib, Farhod GES qurilishi boshlanganligi vaunga yuzga yaqin ishchilarni olib borishni topshirishadi. Odamlarni to'plagan otam Bekobod qurilishiga boradilar. Ular bilan birga urushda yarador bo'lib kelgan Sharof Rashidov ham bor edi. Ular bir yerto'lada yotishgan. O'sha kunlarni otam shunday xotirlaydi: Sharofjon chap qo'lining yelkasiga yaqin joyidan yaralanganligi uchun etigini men kiygizib qo'yardim. Qurilish 45 kun davom etdi. Ish qurolimiz ketmon, belkurak, zambil edi. Kun juda sovuq, ocharchilik, yegulik juda kam. 15-20 kunlardan keyin men yegulik olib kelgani Jizzaxga bordim. Shunda Sharofjon: «Zokir aka, bizning hovliga ham o'ting, uydagilardan xabar oling, u-bu narsa berib yuborishsa, olib keling», - dedi. Jizzaxga kelib, Rashid boboning uyiga bordim. U paxtachilik zvenosining boshlig'i bo'lib ishlar edi. Yegulik hech narsa yo'q, nihoyatda ocharchilik, zo'rg'a bir hovuch olma qoqi, bir hovuch o'rik qoqi berishdi. So'ng men tog'alarimnikiga bordim. Ular bozorda qassoblik qilishar, iqtisodiy jihatdan bizdan tuzuk edilar. Ulardan arpa non, makkajo'xori, meva qoqi, biroz go'sht olib, to'lib-toshib Bekobodga keldim. Olib kelganlarimdan bir qismini Sharofjonga tortiq qilib, «Otang berib yubordi» dedim. U juda xursand bo'lib ketdi. Bir kuni qurilishga O'zbekiston rahbari Usmon Yusupov keldi. U juda sersavlat, yirik odam ekan. Yig'ilishda Farhod GESning ahamiyati, unda qancha elektr toki ishlab chiqarilishi va jamiyatimiz iqtisodiga foydasi to'g'risida gapirdi. Bu ulkan qurilishga hissa qo'shayotganlarga minnatdorchilik bildirdi. Shundan so'ng birinchi bo'lib Sharofjon so'zga chiqdi. U bir she'rni shunday o'qidiki, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 4.84 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 4.84 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga