Rahmat Fayziy Hazrati inson romani

Rahmat Fayziy Hazrati inson romani

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Rahmat Fayziy Hazrati inson romani - rasmi

Material tavsifi

Rahmat Fayziy Hazrati inson romani Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Rahmat Fayziy haqida 1 Rahmat Fayziy kinossenariylari 2 Hazrati inson romani 3 Matn yuzasidan savollar 4 Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918-yili Toshkentning Beshyog'och dahasida kosib oilasida dunyoga kelgan. U o'rta maktabni tugatib, elektr mexanika texnikumida o'qidi. So'ng Respublika gazetalari, tahririyatlarida ishladi. Uning dastlabki she'riy mashqlari, ocherklari ham gazetalar sahifalarida e'lon qilindi. Rahmat Fayziy «O'zbekfilm» kinostudiyasida ishlagan. Uning «Sen yetim emassan», «Yor-yor» kinossenariylari asosida ishlangan filmlar o'zbek milliy kinosi rivojiga salmoqli hissa bo'lib qo'shildi. Yozuvchining «Sen yetim emassan» kinossenariysi bo'yicha suratga olingan film qator xorijiy mamlakatlar ekranlarida namoyish etilib, tomoshabinlarga manzur bo'ldi. Rahmat Fayziy 1969-yili shu ssenariy asosida yaratgan «Hazrati inson» romanida temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa hayoti orqali oddiy kishilar qahramonligini ko'rsatdi. Rahmat Fayziy «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi», «O'zbekiston xalq yozuvchisi», Polsha Xalq Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. Yozuvchining qator asarlari rus va boshqa qardosh tillarga tarjima qilingan. Rahmat Fayziy 1988-yilda vafot etgan. Hazrati inson (romandan parchalar) Mahkam aka Chorsuga yetib kelganida choshgohga yaqinlashib qolgan edi. Samarqand darvoza tomon yurib, so'rab- so'rab, garang chol tushuntirgan bolalar o'yini topdi. Sahni keng hovlining o'rtasidagi oynabandli katta bino, ichi odamlarga to'la edi. Mahkam aka qatorasiga yonma-yon tushgan uylar oldida turgan bir-ikkita bolaga ko'zi tushdi-yu, ulardan so'rab ham turmay to'g'ri o'sha bino tomonga yurdi. Eshikni ochib, ichkariga kirdi. Xonaning to'ridagi qizil alvon yozilgan stol yonida ko'krak burma ko'ylak ustidan kiyib olgan kalta paxtaligining tugmalari yechik, shol ro'molini yelkasiga tashlagan yoshgina juvon hayajonlanib, gapirib turardi: Xalqimizning bag'ri keng, himmati zo'r. Bolalar  kelgandan buyon telefon orqali ham, o'zlari kelib ham iltimos qilayotganlar ko'p. Hammalari bag'rimizga olamiz, otalik qilamiz, onasi bo'lamiz deyishyapti. Mana, o'zla- ringiz Ukrain bolasini bag'rimizga olsak, qavm-  qarindoshlarimizga quchoq ochgan bo'lamiz. Rus o'g'lonini erkalasak, aziz do'stlarimizga mehrimiz bo'ladi. Moldovan go'dagini voyaga yetkazsak, vatandoshimizning yarasiga malham qo'ygan bo'lamiz Haq gap, singlim, - dedi to'dadan bir chol.  To'g'ri, to'g'ri! - degan ovozlar eshitildi.  Mahkam aka katta zalning o'ng tomonida turgan odamlarga bir-bir qarab chiqdi. Chollar, juvonlar, kampirlar. Bir ayol oldinroqda turgan to'rt yoshlar chamasidagi qizcha yoniga tiz cho'kib o'tirdi. Cho'ntagidan g'o'lak turshak chiqarib unga uzatgan edi, qizning ko'zlari jovdiradi-yu, olmay, yotsirab, birpas ayolga tikilib qoldi. Ayol turshakni qizning kaftiga solib qo'ygandan keyingina ohista og'ziga olib bordi. Nariroqda yana bir kampir cho'ntagidan popuklik chiqarib, chap qo'li bintlanib, bo'yniga osib qo'yilgan bolaga berdi. Bola popuklikni oldi-yu, o'ng qo'lini kampirning bo'ynidan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 324 marta
Ko'chirishlar soni 68 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 324 marta
Ko'chirishlar soni 68 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga