Men sevgan jurnal. Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar romani. Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Mamarajabova Iroda Fayzullayevna REJA: 1. Men sevgan jurnal. 2. Iste'dodli jurnalist 3. Yulduzli tunlar romanidan parcha Men sevgan jurnal Ijtimoiy-siyosiy va badiiy bezakli jurnal «Guliston» mamlakatimizdagi mashhur nashrlardan biridir. Uning dastlabki soni 1925-yilda «Yer yuzi» nomi bilan nashr etilgan. Turli yillarda unga Ibrohim Rahim, Asqad Muxtor, Mirmuhsin, Tilab Mahmudov, Azim Suyun, Minhojiddin Mirzo kabi taniqli ijodkorlar muharrirlik qilgan. Jurnalda Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Abdulla Avloniy, G'afur G'ulom, Oybek, Abdulla Qahhor singari atoqli adiblarning badiiy asarlari, ilmiy-publitsistik maqolalari chiqib turgan. Ayniqsa, o'tgan asrning 70yillarida «Guliston»da sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari», Rasul Gamzatovning «Mening Dog'istonim» asarlarining bosilishi uni respublikaning eng nufuzli ommaviy jurnallaridan biriga aylantirgan. Mustaqillik yillari jurnal uchun yuksalish davri bo'ldi. Uning sahifalarida madaniyat sohasiga oid materiallar asosiy o'rin egallaydi. Unda madaniy meros va milliy qadriyatlar, mumtoz adabiyot, teatr, musiqa, tasviriy san'at va xalq ijodiyoti, madaniy-ma'rifiy muassasalar va boshqa qardosh xalqlar hayoti haqida qiziqarli maqolalar berib boriladi. LUG'AT muharrir - редактор nashr - издание nufuzli - влиятельный tasviriy san'at - изобразительное искуство mashhur - известный xalq ijodiyoti - народное творчество qardosh - брат, приятель qiziqarli - интересный Bilib oling! Ayiruv bog'lovchili bog'langan qo'shma gaplar voqea-hodisalarning navbatmanavbat yoki ulardan biri sodir bo'lishini bildiradi va goh, goho, dam, yo, yoki, ba'zan, ba'zi kabi ayiruv bog'lovchilari bilan bog'lanadi. Bunday bog'lovchilar gapning boshida takrorlanib keladi va takrorlanib qo'llangan ayiruv bog'lovchilarining ikkinchisidan oldin vergul qo'yiladi. Ayiruv bog'lovchilari yakka qo'llansa, tinish belgilari qo'yilmaydi. Masalan: Uzoqdan dam miltiragan chiroqlar ko'rinar, dam yana atrofni qorong'ilik bosar edi. Yo siz keling, yo men boray. 1-mashq. Berilgan gaplarni o'qing. Ayiruv bog'lovchilarini topib, daftaringizga ko'chirib yozing. 1.Ob-havo goh sovub, goh isib ketar edi. 2.Kechasi dam qor yog'ib, dam yomg'ir yog'ib turdi. 3.Ba'zan ashula yangrar, ba'zan allaqayerdan dutorning tovushi eshitilardi. 4.Yo u va'dasida tursin, yo ishni bizga bersin. 5.Sen bilan gaplashishga na vaqtim bor, na kayfiyatim! 6. Bular qishloq bolalarimi, yo shahar bolalari ajratib bo'lmaydi. 7. Yo sen fikringdan qaytasan, yo u. ISTE'DODLI JURNALIST Sizlarni, ya'ni yoshlarning tarbiyasida o'zining ma'naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan maqolalari, hikoyalari, eshittirishlari bilan yosh ijodkorlarga ustozlik qilayotgan filologiya fanlari nomzodi Hulkar Hamroyeva bilan tanishtirmoqchimiz. O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O'zbekiston» teleradiokanalining taniqli ijodkorlaridan biri Hulkar Hamroyeva «Madaniy-ma'rifiy, badiiy eshittirishlar» muharririyatida katta muharrir lavozimida faoliyat ko'rsatadi. U har kuni ikki soat to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladigan «Hamroh» ma'rifiy-musiqiy eshittirishining muallif va boshlov chilaridan biri sifatida elga tanildi. Bu dasturning «Bugunning bolasi», «Navoiy gulshani», «Kitobdan yaxshi hamroh yo'q» kabi sahifalarida ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
8.79 MB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
8.79 MB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx