Qiziqarli ko'rsatuvlar.Televideniye vatani. (Ergashgan qo'shma gaplar.) FAN- O'ZBEK TILI O'QITUVCHI- MAMARAJABOVA IRODA FAYZULLAYEVNA REJA: 1. Televideniye vatani. 2. Ergashgan qo'shma gaplar. 3. Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi she'ri Qadimda odamlar uchar gilam va oynai jahonni orzu qilganlar. Samolet va televideniye ana shu orzularni voqelikka aylantirdi. Televideniye yunoncha «tele» - uzoq, «videniye» - ko'rish so'zlaridan olingan bo'lib, uzoq va katta masofadagi harakatni ko'rsatish va ko'rish ma'nosini anglatadi. Bugungi kunda televideniye odamlarga ma'naviyat va ma'rifat tarqatish, tarbiya berish, axborot uzatishning bosh manbai hisoblanadi, shuning uchun ommaviy axborot vositalari orasida yetakchi o'rin tutadi. Televideniyening mo'jizakor kuchi shundaki, u bir joyda turib jahonning istalgan burchagini ko'rish imkonini beradi. Ma'lumki, televideniye sohasida dastlabki qadamlar o'zbekistonlik ixtirochilar B. Grabovskiy va I. Belyanskiylar tomonidan qo'yilgan va ular 1928-yil «telefot» apparati yordamida harakatlanuvchi tasvir Toshkent shahrida masofaga uzatilgan. Tramvay trestidan uzatilgan harakatlanuvchi tasvir Toshkent shahri, Baland (Bolo) Masjid ko'chasida yashovchi Mirzamuhamedovlar uyida qabul qilingan. Toshkent televideniye vatani hisoblansa-da, televizion ko'rsatuvlarni efirga uzatish 1956-yil 5- noyabrdan boshlangan va shu yili «Toshkent televideniye studiyasi» tashkil etildi. Hozirgi kunda Toshkent teleminorasi balandligi jihatidan Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. O'zbekiston televideniyesining teledasturlari orqali berilayotgan ko'rsatuvlar jahonning o'ndan ortiq mamlakatiga uzatiladi. LUG'AT manba - источник ommalashmoq - становиться массовым amalga oshirmoq - осуществлять teleminora - телевышка ko'rsatuv - передача namoyish qiladi - демонстрировать, показывать teledastur - телепрограмма Bilib oling! Biri ikkinchisi bilan tobe munosabatda bog'langan sodda gaplar ergashgan qo'shma gaplar deyiladi. Bunday gaplar bosh gap va ergash gap qismlaridan tuziladi va quyidagicha bog'lanadi: 1. Bosh gap + ergash gap: To'g'rilarga ergashing, chunki ular sizni noto'g'ri yo'lga boshlamaydilar. 2. Ergash gap + bosh gap: Erta eksang, erta o'rasan. 1-mashq. Berilgan qo'shma gaplarni bosh va ergash gap qismlariga ajrating. Ergash gapninig gapdagi o'rnini ko'rsating. 1. Odobli bola elga manzur, chunki odob axloqning yuqori ko'rinishidir. 2. Qish kelganda, qushlar issiq o'lkalarga uchib ketadilar. 3. Kim sayohatga boradigan bo'lsa, ro'yxatga yozilsin. 4. Hosil mo'l bo'lsin deb, daraxtlarni yaxshilab parvarishladik. 5. Qayerda xalollik bo'lsa, o'sha yerda baraka bo'ladi. 6. Kimning bilimi puxta bo'lsa, albatta, baholari ham yuqori bo'ladi. 3-topshiriq. She'rni ifodali o'qing. Savoll va topshiriqlar ustida ishlang. Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi Sen bukun sinfda shod yurak bilan, She'rdir, lirika, balki oddiy til, Sinov navbatini kutib turasan. Xalqlarning tillari bir xil emas, bil! A'lo mamlakatning a'lo farzandi, Diplomat bo'larsan, shu bukun, endi, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi! Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi! Globusda bo'lgan har kichik nuqta Fanlar ko'p, fanlar bor o'rganishga Millionlab qondoshga vatan, kuch: ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.59 MB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.59 MB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx