Kasbim - faxrim. Matnning turlari Fan- O'zbek tili O'qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: Matnning qo'llanishiga ko'ra turlari. 1 Dialogik matn Men orzu qilgan kasb 2 Hunar haqida. O'z kasbining 3 fidoyisi Toshkentdagi oliy o'quv yurtlari 4 Bilib oling! Matn qo'llanishiga ko'ra dialogik va monologik matn turlariga bo'linadi. Dialog so'zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashish jarayoni bo'lib, o'zaro savol-javoblardan iborat bo'ladi. Dialogik matn tarkibida so'roq olmoshlari, muomala odobiga oid so'z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so'zlar keng qo'llaniladi. - E, Zokirjon, sizmisiz? Xo'sh, qalay, topshirib chiqdingizmi? - Ha, qoniqarli deb topildi. - E, tabriklaymiz bo'lmasa. - Rahmat, rahmat. - Hormanglar! - dedi rais ishchilarga qarab. - Bor bo'ling! - Qalay, charchamayapsizlarmi? - Hosil mo'l bo'lsa, hech kim charchamaydi. - Xirmonga baraka. Topganingiz halol mehnatingizga yarasha bo'lsin. - Rahmat. ** - Assalomu alaykum, qarindosh. - Vaalaykum assalom, - dedi Umrzoq ota. - Bugun hasharchilar kelishmadimi? - Yo'q. O'zimiz eplaymiz, deb javob berib yubordik. -Of arin. Kuchingizga kuch, g'ayratingizga g'ayrat qo'shilaversin. 1-topshiriq. Matnni o'qing va savollar tuzing. Men orzu qilgan kasb Ustozimiz «Men orzu qilgan kasb» mavzusida insho yozib kelishni topshirdilar. Insho yozish uchun ancha yillardan buyon orzu qilib yurgan kasbim haqida yana qayta-qayta o'yladim. Fikrlarim chigallashib ketdi. Qarorga kelolmay qiynaldim. Dunyoda bor kasblarni bir-bir ko'z oldimdan o'tkazdim. O'qituvchi, tarbiyachi, shifokor, haydovchi, oshpaz Bularning oxiri ko'rinmaydi. Shu kasb egalari o'z kasblarida xizmat qilib kelmoqdalar va bir-birlariga yordam beradilar. O'z kasblaridan nolimaydilar. Oilalarini kasblari orqali boqmoqdalar. Menimcha, har bir inson o'zi orzu qilgan, yaxshi ko'rgan kasbini egallasa, yurtimizning gullab-yashnashiga o'z hissalarini qo'shadilar. Yaqinlarim, tanishlarim tinim bilmay mehnat qiladilar. Xalqimiz bejizga «Hayotda ishning boshi sevimli kasb tanlash» deyishmagan. Bu gapni tushunish qiyin bo'lmadi, chunki men katta hayot ostonasida turibman. Oldimda xilma-xil kasblar, ularning birini tanlash juda qiyin. Go'yo oldimda xazina, xazinada esa turli-tuman qimmatbaho toshlar. Bu toshlarning bittasini tanlash kerak. «Shoshib tanlangan kasbning umri qisqa», - deydi xalqimiz. Men qat'iy qaror qildim. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o'qishga kirmoqchiman. O'zbekiston iqtisodiyotini eng ilg'or mamlakatlar bilan tenglashtirishda bor bilimim va kuchimni ishlataman. Aql ko'pga . yetkazar, hunar ko'kka yetkazar Lug'at kasb - профессия insho - соченение tanlamoq - выбирать qat'iy - категорический, решительный go'yo - якобы, будто бы, будто xazina - сокровище, клад shoshmoq - торопиться buyon - в дальнейшем, впредь hissa - доля, часть tenglashtirmoq - уравниваться, быть уравниваемым Siz yoqtirgan kasblar qaysi? 2-mashq. Berilgan maqollar va hikmatlarning ikkinchi qismini topib yozing va mazmunini tushuntiring. Aql ko'pga yetkazar, erta-kechi bo'lmaydi. Hunarni asrabon ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 11:36:41
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.28 MB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:18
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 11:36 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.28 MB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:18 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx