O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA TA'LIM VAZIRLIGI Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti PEDAGOGIKA FAKULTETI Boshlang'ich ta'limda gumanitar fanlarni o'qitish uslubiyati kafedrasi 5141600- Boshlang'ich ta'lim va sport, tarbiyaviy ish yo'nalishi Maxsus sirtqi bo'lim bitiruvchi kurs talabasi Djalolova Gulchehraning MALAKAVIY BITIRUV ISHI MAVZU: Maktab o'quvchilari nutqini o'stirishda badiiy matnlardan foydalanish Ilmiy rahbar: f.f.n. D.Rajabova Samarqand-2011 Boshlang'ich ta'limda gumanitar fanlarni o'qitish uslubiyati kafedrasi 5141600- Boshlang'ich ta'lim va sport, tarbiyaviy ish yo'nalishi Maxsus sirtqi bo'lim bitiruvchi kurs talabasi Djalolova Gulchehraning Maktab o'quvchilari nutqini o'stirishda badiiy matnlardan foydalanish mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga TAQRIZ Tadqiqotchi talaba Djalolova Gulchehraning Maktab o'quvchilari nutqini o'stirishda badiiy matnlardan foydalanish mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi uch bob: Kirish, Asosiy qism va Xulosa qismidan iborat. Tadqiqotning Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot predmeti, tadqiqotning maqsadi, nazariy va ilmiy ahamiyati ko'rsatib o'tilgan. Asosiy qism ikki bob va besh bo'limdan iborat bo'lib, unda tadqiqot jarayoni, ilmiy va nazariy tahlil natijalari, tajriba sinov xulosalari birma bir ko'rsatib berilgan. Unda o'quvchilarning topshiriqni tez, to'g'ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlay bilishi, ishga ijodiy yondashishi muhimligi ham ko'rsatib o'tilgan. Tadqiqot jarayonida matn ustida ishlashning asosiy bosqichlari, har xil janrdagi matnlarni o'qitish metodikasi, ilmiy-ommabop asarlarni o'qitish metodikasi, o'qish darslarida og'zaki nutqni o'stirish yo'li va vositalari, umumlashtiruvchi o'qish darslarini tashkil etish orqali o'quvchilar nutqini o'stirish, sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlash tamoyillariga alohida to'xtalgan va izchil tadqiq etilgan. Xulosa qismida tadqiqot ishining yakuniy tahlil natijalari, tajriba-sinov jarayoni bilan bog'liq mulohazalar umumiy tarzda ko'rsatilgan bo'lib, ishning so'ngida adabiyotlar ro'yxati ham keltirilgan. Tadqiqotchi talaba Djalolova Gulchehraning Maktab o'quvchilari nutqini o'stirishda badiiy matnlardan foydalanish mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini 18 balga baholayman. Taqrizchi: REJA I. KIRISH II. ASOSIY QISM 1. bob. Boshlang'ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish 1. 1. Matn ustida ishlashning asosiy bosqichlari 1. 2. Har xil janrdagi matnlarni o'qitish metodikasi 2. bob. Ilmiy-ommabop asarlarni o'qitish metodikasi. 2. 1. O'qish darslarida og'zaki nutqni o'stirish yo'li va vositalari. 2.2.Umumlashtiruvchi o'qish darslarini tashkil etish orqali o'quvchilar nutqini o'stirish 2. 1. Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlash tamoyillari. II. XULOSA. Adabiyotlar ro'yxati I. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo'g'ini hisoblangan xalq ta'limida ham tub islohotlar ro'y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta'minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. Zero, yurtboshimiz ta'kidlaganidek, Xalq ta'limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag' va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko'zi ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 16:05:12
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.36 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Mar 2024 [ 16:05 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.36 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:18 ]
Arxiv ichida: doc