OILA - MUQADDAS DARGOH Oila - nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi - oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma'naviyat tili bilan aytganda, muqaddas vazifasi - insoniyatning zanjirini sog'lomOila - muqaddas dargohOila - nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi - oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma'naviyat tili bilan aytganda, muqaddas vazifasi - insoniyatning zanjirini sog'lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat -ku! Bu - hamma millat, hamma davlat, hamma xalqlar zimmasigagi sharafli vazifa.Oila dastlab ikki kishidan barpo bo'ladi. Shaffof irmoqlar biri biriga qo'shilib jo'shqin soy, daryolarni tashkil qilgani kabi o'zbeklar uchun katta oilalar urf hisoblanadi. Qo'shgani bilan q'osha qarishni, serfarzand bo'lishni, hamma bolalari yig'ilib kelganda uyi to'ydek bo'lib ketishini, chiroyli qarishni orzu qilmagan o'zbeklar, oila sohiblari topilmasa kerak.Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo'rg'on hisoblangan. O'zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim - qadimdan va hozir boshqa millat kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg'otgan xususiyatdir. O'zbek oilasida ayol, ona ana shu qo'rg'onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta'minlovchi mo'tabar insonlardir.Qur'oni karimda, hadislarda ayol - onani ulug'lash kerakligi haqida ko'plab ibratli ko'rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol - onaning oilada tutgan o'rnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila - ilk tarbiya maskani , shu muqaddas dargohning ma'naviy - axloqiy muhitini yaratuvchi mo'tabar zotdir.Momolarimiz o'z cheklariga tushgan bu qutlug' vazifani juda sidqidildan bajarib kelganlar. Ana shu momolar o'gitini eslash, tiklash, rivojlantirish hozirgi kunda oldimizda turgan eng dolzarb vazifalarning bir uchquni desak to'g'ri bo'lar.Qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'i nazar, mamlakat taraqqiyotiga oid hamma dasturlarda millatning yuzi, nozik qalbi, op-nomusi bilan bog'liq ma'naviy qadriyatlarga qayta-qayta murojaat qilinishi, ulardan quvvat olinishi, e'zoz bilan qaralishi bejiz emas. Oila - bashariyat yaratgan bebaho, yombi ma'naviy qadriyatdir.Qalbning iymonli va rahmonliligi yoki, aksincha, bag'ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi.Onalarimiz bu muqaddas vazifani juda oddiy yo'l bilan, ya'ni odobi, demakki xalq odobining eng ibtidoiy, lekin umri boqiy, qadri abad qirralari - kattalarga hurmat, kichikka izzat, murosai madora, yulduzga yulduzni moslab yashash kabilarni singdirish, bu fazilatlarni zamonga qarab rivojlantirish, oilaning har bir a'zosi ruhida turg'un qilish bilan o'taganlar. Oqibatda xalqimizga ulug' farzandlarni etishtirib berganlar.Yuqorida oila - nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati, aytish kerakki - davlat siyosati, dedik. Shuning uchun ham dunyoda necha xalq , necha xil millat, necha xil mamlakat bo'lsa, ularning nashr etgan behisob adabiyotlari ichida oila, oilaviy munosabatlar, oilaning jamiyatda tutgan ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 16:05:12
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.42 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Mar 2024 [ 16:05 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.42 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc