Matnni kengaytirish. Bunda kirish so'z va kiritmalar Dars rejasi: 1. Matnni kengaytirishda kirish so'z va kiritmalardan foydalanish. 2. Gap bo'laklarining uyushib, ajratilib berilishi. 3. Mavzuga oid mashqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: Matn, kirish so'z, kiritmalar, uyushiq bo'laklar, ajratigan bo'lak, maqol, hikmatli so'z, hikoyatlar. Matnning asosiy fikri, g'oyasi shakllantiruvchi tayanch so'z yoki gap, ifodani aniqlash, ijodiy fikrni ifodalovchi gap. Matnni kengaytirish quyidagi yo'l va vositalar bilan amalga oshiriladi: matnnig bosh fikri, g'oyasini shakllantiruvchi tayanch so'z yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog'liq holda o'z mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo'shish; matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash; gapni uyushiq bo'laklar, kiritmalar, ajratilgan bo'laklar hisobiga kengaytirish; so'z va birikmalrni ma'nodoshlari - tasviriy ifodalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vositalari bilan almashtirish; sodda gapni qo'shma gapga, qo'shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish; asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo'shimcha fikr, izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda bog'lab kiritish; matnning kirish, xulosa qismlarini o'z qarashlari, mulohazalari, ilovalari bilan to'ldirish. 63-mashq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o'rniga fikrga mos tarzda birikmalar qo'shing, gap bo'laklarini uyushiq yoki ajratilgan bo'laklar hisobiga kengaytiring. 1. … men muboraknomana o'qitib ko'rgan ekanman (S.Ahmad). 2. Onajonim, … men ham bir kun shavqqa to'larman (A.Oripov). 3. Bir ko'rdim men uni-shunchalar go'zal, Oydan-da go'zaldir, … go'zal! (Cho'lpon). 4. Har birimiz o'z maktabimiz, … … esladik. 5. Nahotki u erta-indin uzoq ayriliq boshlanishini … …, yuragi ezilmaydi. 64-mashq. Nuqtalar o'rniga oldingi va keyingi gaplarning mazmuniga mos keluvchi so'z va gaplarni qo'shib matnni to'ldiring. Matnning asosiy mazmunini aniqlab bering. NAVRO'ZNING YAXSHILIK VA EZGULIK NURI Ma'lumki, Navro'z kelishi bilan butun tabiat uyg'onadi… Navro'z bizning zamonamizda yangicha mazmun kasb etayapti. Bu bayram quvonchlarini millati,…irqidan qat'iy nazar, har bir xalq elat birgalikda baham ko'rib, tantana qilayapti. O'zbek xalqi qadimdan bag'rikenglik, …va mehmondo'stligi bilan tanilgan… Navro'z mehmondo'stlik ayyomiga aylanadi. …Navro'z shuning uchun ham baynalmunal ayyomga aylangan. Xalqimiz yaxshi… bildirganda: Tinchlik-xotirjamlik bo'lsin, el-yurtimiz omon bo'lsin, deb niyat-tilak bildiradi. Navro'zda inson ulug'lanadi va dillarda ezgu niyatlar tug'iladi. 79-topshiriq. Matnlar mazmunini o'z so'zlaringiz bilan kengaytiring. Hech qachon inson o'ziga manfaat keltirmaydigan maqsadsiz biror harakat qilmaydi. U qanday qobiliyatlardan foydalanmasin, fikr va pul bamisoli chiroq kabi uning yo'liniyoritib, yaxshi yoki yomon, to'g'ri yoki noto'g'ri yo'ldan boshlab ketavyeradi… Odamlar aqlu zakovati va fikrlaridagi g'oayalar va obrazlar shunday yashirin kuchdirkim, ular hamma vaqt harakatlarni boshqaradi, o'ziga bo'ysindiradi. Shuning uchun fikrni e'zozlash, uni to'g'ri yo'naltirish, shu orqali bilimlarni orttirish va yaxshi xulosalarga o'rgatish nihoyatda muhimdir. (Jon Lokk). Har qanday sharoitda ham odamning kuchli ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:50:47
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.81 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:50 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.81 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:18 ]
Arxiv ichida: doc