Nutq uslublariga ko'ra matnlarning o'ziga xosligi Dars rejasi: 1. Nutq uslublariga ko'ra matnlarning o'ziga xosligi 2. Matn uslubini o'zgartirish yo'llari. 3. Mashqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: Uslub, og'zaki va yozma shakl so'zlashuv, rasmiy ish qog'ozlari uslubi, badiiy, ilmiy, publisistik uslub. Nutq uslublariga ko'ra matnlarning o'ziga xosligi, muayyan uslubning leksik-grammatik vositalari. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo'ladi. Shunga ko'ra, nutqning quyidagi uslublari o'zaro farqlanadi: so'zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilomiy uslub, publisistik uslub va badiiy uslub. So'zlashuv uslubi til birliklarini tanlash va ularni qo'llashning nisbatan erkin uslubidir. Bu uslub so'z xususiyatlariga ko'ra ikki turga: adabiy so'zlashuv uslubi va oddiy so'zlashuv uslubiga ajratiladi. Adabiy so'zlashuv uslubi umumxalq adabiy tilining keng tarqalgan va barcha sohalar uchun bop turi bo'lib, u adabiy me'yorlarga mos, ishlangan va tartibga solingan bo'ladi. Adabiy so'zlashuv uslubi kundalaik muloqot uchun xizmat qiladi, o'qitish ishlari, tarbiya va tashviqot shu uslubda olib boriladi, badiiy adabiyot shu uslubda yaratiladi. Oddiy so'zlashuv uslubi nutq muomalasi jarayonida (erkinlik bilan) adabiy til hamda sheva elementlari ishtirok etishi, fikriy idrokni keng qamrovli bayon etishi bilan farqlanadi. Bu uslubda so'z tartibi qoidaga nomuvofiq bo'lishi (kecha konsert bo'ldi klubda); ko'chma, obrazli emotsional vositalar ko'proq (g'ayrat qil, shalvirama; Alini qarang og'zi qulog'ida kabi) dialogik shaklda bo'lib, to'liqsiz gaplar va imo-ishoraning ko'p ishlatilishi (Kelyapti (navbatchi), Ketdimi? - Ha, kabi), takrorlar (Kelib-kelib shu gapni topdingmi?), talaffuzda erkinlik (na'lat (la'nat), yangitdan (yangidan), opti (olibdi) kabi) yaqqol namoyon boladi. Oddiy so'zlashuv uslubi badiiy asarda personajlar nutqini individuallashtirishda keng qo'llanadi. Rasmiy-idoraviy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq uslubidir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Sunga ko'ra yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e'lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy shtamplar, kasbga oid so'zlar, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo'llanib, nutqning aniq vq ifodalanishini ta'minlaydi. Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to'g'risida aniq, asoslangan, izchil ma'lumot berishda qo'llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta'riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalr bu uslubning leksikasini tashkil etadi, unda badiiy me'yorga qat'iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe'llar va murakkab qurilishli gaplar krng ishlatiladi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma'lumotlar ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:50:47
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.96 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:50 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.96 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc