Nutqda so'zni to'g'ri tanlash mezonlari Dars rejasi: 1. Nutqda so'zni to'g'ri tanlash va o'rinli qo'llash mezonlari. 2. So'z ma'nolarini aniqlash va farqlay olish. 3. Masqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: Nutqiy muomala odobi, so'z tanlash va qo'llash, nutq madaniyati, bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar, leksikologiya, atamalar, kasb-hunarga oid so'zlar. So'z tanlashda quyidagilarga e'tibor beriladi: - so'zning lug'aviy ma'nosini bilgan holda tanlash; - tanlangan so'zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish; - so'zning suhbatdoshlarga tushunarli bo'lishini hisobga olish; - so'zning ma'no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash. Atamalar, kasb-hunarga oid so'zlar faqat bir ma'noni ifodalash uchun qo'llanadi. Bular bir ma'noli so'zlardir. Masalan: Piyola - choy ichishga mo'ljallangan idish; leksikologiya -so'z ma'nolarini o'rganuvchi fan ma'nosidagina qo'llanadi. So'zlar ikki va undan ortiq ma'noni ifodalasa ko'p ma'noli sanaladi. Avval bir ma'noda qo'llangan so'zning ko'p ma'nolarda ishlatilishi ko'p ma'nolikni vujudga keltiradi. Masalan: qochoqni tutmoq parda tutmoq tutmoq ro'za tutmoq suv tutmoq o'zini tutmoq va hokazo 43-mashq. Gaplarni o'qing. Ajratilgan so'zlarning ma'nolarini izohli lug'atdan foydalangan holda izohlab, daftaringizga yozing. 1. Daraxt bir yerda ko'karadi (Maqol). 2. Tarix g'ildiragini orqaga aylantira oladigan kuch dunyoda yo'q. 3. Oydin kechada ko'l yoqasida sayr etishni xush ko'rardi. 4. Cho'lpon o'zbek she'riyatiga yangi usul olib kirdi. 5. Men bu gapni tarjima vajidan aytayotganim yo'q. (A.Q.) 6. Shifti qubbasimon muhtasham xona yana g'alati guvillab ketdi (Y.O.). 7. Fursat g'animatdir shoh satrlar-la, Bezamoq chog'idir umr daftarin (G'.G'.) 54-topshiriq. Lug'atdan bir ma'noli va ko'p ma'noli soz'larga 10 tadan misol toping, ularni ikki ustunga ajratib yozing. 4 ta ko'p ma'noli so'zni tanlab, ularga ikkitadan gap tuzing. 55-topshiriq. Matnlarni o'qing. Ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni topib, ma'no ko'lamini aniqlang. I. Ustoz adibning mashhur Ming bir jon hikoyasida shunday so'zlar bor: Bu xotinning joni bitta emas, ming bitta edi. Hozir tugab qolgan shamdek lipillab yonayotgan joni basharti so'ngan taqdirda ham qolgan mingtasini yoqib, keyin so'nadi. Abdulla Qahhorning ham chirog'i so'ndi. Lekin u ming-minglab o'quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga chiroq yoqib ketdi. Bu chiroq sira zavol bilmaydi. Bu chiroq sira o'chmaydi (Said Ahmad). II. Oy gulladi. Osmon toqiga Yulduzlarni kimdir qoqadi. O'zanlarda sokin to'lg'anib Tag'in quyuq kunduz oqadi. (Shavkat Rahmon) II. So'ri uzra egilgan ishkom Soya tashlar quyuq, yoqimli Qayerdasan, jonajon makon, Bugun seni yomon sog'indim! (A.Oripov) 44-mashq. Gaplarni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning ma'nosini izohlab, daftaringizga yozing. Bu so'zlarning to'g'ri va ko'chma ma'nolari o'rtasidagi bo'g'lanishni chizmada ko'rsating. 1. Alisher Navoiyning asarlari o'zbek tilini baland pog'onaga ko'tardi. 2. Kishilar o'rtasidagi iliq munosabat mehr-oqibat tuyg'usini tarbiyalaydi. 3. Bu qasidam ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:50:47
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.74 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:50 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.74 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc