Ona tilim -jon-u dilim. Til va tafakkur, ularning o'zaro munosabatlari Dars rejasi: Til, tafakkur, nutq tushunchalarini farqlash Nutq faoliyatining shakl va ko'rinishlaridan to'g'ri foydalana bilish Mashqlar bajarish Tayanch so'z va iboralar: Til, tafakkur, nutq faoliyati, til va tafakkurning o'zaro, bog'liqligi, milliy til, aqliy faoliyat, til - millat ruhi, tilni avaylash va undan o'rinli foydalanish. - til, tafakkur, nutq tushunchalarini farqlash; - nutq faoliyatining shakl va ko'rinishlaridan to'g'ri foydalana bilish; - o'zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini bilish; - o'zbek adabiy tilning boyish manbalarini bilish; - Davlat tili haqidagi qonun moddalarini sharhlay olish; - til va nutq odobiga oid maqol, hikmatlarni yodlash. 1 - topshiriq. Matnni o'qing va mazmunini o'z so'zlaringiz bilan so'zlab bering. TAFAKKUR VA TIL Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog'liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo'lmasa, fikrlash ham bo'lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in'ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shakli. Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma'naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi. 2-topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering. Fikrlash bilan so'zlash o'rtasida qanday bog'liqlik va farq bor? Tafakkur so'zining ma'nosini izohlang. Til va tafakkur ayrim -ayrim holda mavjud bo'lishi mumkinmi? Tafakkur va til o'rtasida munosabatni misollar asosida tushunturub bering. Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog'liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo'lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo'ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug'diradi. 1-mashq. Gaplarni ko'chiring. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning ma'nosini izohlang. Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oynayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdir (A.Avloniy). Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasidir, o'sha tafakkur va tuyg'ular orqali so'z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan (K.D.Ushinskiy). Ki har neni bilmish odamizot Tafakkur birla qilmish odamizot. (A.Navoiy). Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili -bu millatning ruhidir (I.A.Karimov). Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N.Bualo). Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yahlit butunlikni tashkil etadi (V.fon.Gumboldt). So'zlash qobiliyati - hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi (L.N.Tolstoy). ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:50:47
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.58 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:50 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.58 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc