Qisqartma so'zlar va bosh harflar imlosi

Qisqartma so'zlar va bosh harflar imlosi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Qisqartma so'zlar va bosh harflar imlosi - rasmi

Material tavsifi

Qisqartma so'zlar va bosh harflar imlosi Dars rejasi: 1. Qisqartma so'zlar imlosi va bo'g'in ko'chirish qoidalari. 2. Bosh harflarning imlosi. 3. Mashqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: Bosh harf, turdosh va atoqli ot, joy nomlari, yuqori lavozim, oily tashkilot nomlari, qisqartma otlar, bo'g'in ko'chirish. Quyidagi so'zlar bosh harf bilan yoziladi: ▲atoqli ot hisoblangan kishi ismlari, taxallusi, joy nomlari va boshqa geografik nomlar: Abror Shokirov, Fitrat, Afsxona, Pomir, Turkiya, Mirrix, Oy kabi; ▲davlat va uning oliy tashkilotlari, mansablari, xalqaro tashkilotlar nomlarining barcha so'zlari: O'zbekiston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, Jahon Tinchlik Kengashi kabi: ▲boshqa tashkilot, vazirlik, idora va ulardagi yuqori lavozim va idorani bildiruvchi so'zlarning faqat birinchi so'zi: Yozuvchilar uyushmasi, Fan va texnologiyalar markazi, Mudofaa vaziri kabi; ▲oliy mukofot nomlaridagi har bir so'z: O'zbekiston Qahramoni, Oltin Yulduz; boshqa mukofot, nishonlar nomidagi birinchi so'z: Sog'lom avlod uchun ordeni, Xalq ta'limi a'lochisi nishoni kabi; ▲muhim tarixiy sana va bayram nomlarining birinchi so'zi: Mustaqillik kuni, Ramazon hayiti kabi; ▲qisqartma otlar: BMT, AQSH. Qisqartma tarkibidagi bo'g'inga teng qismning birinchi harfi: O'zMU, ToshDU kabi. ▲Bo'g'in ko'chirilishi Quyidagi hollarda ko'p bo'g'inli so'zning oldingi satrga sig'may qolgan qismi keyingisiga ko'chiriladi: so'zning bosh yoki oxirgi bo'g'ini bir harfdan iborat bo'lsa, u harfning o'zi, bir satrdan boshqasiga ko'chirilmaydi: a-badiy -aba-diy, manba-i-man-bai kabi; bo'g'inda ikki undosh yonma-yon kelsa, birgalikda keyingi satrga ko'chiriladi, agar uch undosh kelsa, oldingi bittasi satrga qoldiriladi: dia-gramma,slin-drik kabi; bir tovushni ifodalovchi harflar birikmasi birgalikda ko'chiriladi: pe-sxona, ko'ngil, pi-choq kabi; turli xil qisqartmalar, raqamli nomlar va shartli belgilar bir-biridan ajratilib ko'chirilmaydi: MDH, 6-V sinf, Boing -767, 18 sm kabi. 35-mashq. Matnni o'qing. Bosh harf bilan yozilishi zarur bo'lgan so'zlarni aniqlab, qoidaga muvofiq ko'chirib yozing. abdulla qodiriy, ba'zi bir odamlar aytmoqchi, bir ikkita risola yozgan anchayin yozuvchi emas, balki yangi davr adabiyoti, Yevropaadabiyoti gazi bilan o'lchaganda ham to'laqonli asarlar yozgan, o'zbek romanchiligini boshlab bergan o'lkan adibdir. Uning o'tkan kunlar, mehrobdan chayon romanlari, bir talay hajviy asarlari xalq orasida g'oyat mashhur bo'lib, har bir o'zbek oilasiga, hatto savodxon bo'lmagan oilalarga kirib borgan edi. Allaqayerdan kelgan bir kitobxon ‚Otkan kunlar'ni yod bilar ekan, kitobning istalgan joyini so'raganda sharros o'qib berganida abdulla qodiriy unga chopon kiygizgani yodimda bor Bizning 20-yillar adabiyotimiz tarixi hozirgi turishida kambag'al ko'rinadi. O'z vaqtida faqat abdulla qodiriygina emas, kattakon olim-yozuvchi fitrat, zo'r talant egasi cho'lpon, joshqin shoir botu, satira va yumorda tengi, timsoli yo'q va o'ziga xos shoir so'fizoda, yigirmanchi yillar poeziyasini bezagan shoirlardan rafiq mo'min, g'ulom zafariy, usta satirik shoir abduhamid majidiy singari ko'p adiblarimizning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.7 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.7 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga